Angliyalik Maykl Bak ismli bir erkak qachonlardir o’qituvchi bo’lgan, ammo hozir nafaqaga chiqqan va azaliy orzusini – o’z qo’llari bilan uy qurishni amalga oshirishga qaror qildi.
Bu mashg’uloti bilan u nafaqat o’z orzusini amalga oshirdi, balki boshpanaga ega bo’lish uchun yirik sarmoyaga ega qilish shart emasligini boshqalarga isbotlab berdi. Bu erkak o’z uyini barpo etishi uchun atigi 250 AQSH dollarini sarfladi!
Qurilishda Maykl zamonaviy texnologiyalarning ko’rsatamalaridan emas, ajdodlar tajribasidan - qurilish uchun u somon, tuproq, yog’och va loydan foydalandi. Uy poydevorini esa toshlardan terib chiqdi.
U ish uchun somon, loy va qumdan qorishma tayyorladi. Bu qorishma bilan dastlab poydevorni qopladi, keyin esa qatlam ustiga qatlamni bostirib pressladi. Tomning asosini esa yaqin atrofdan terib chiqqan va somon bilan qoplangan daraxtlarning ingichka o’zaklari tashkil etdi.
Maykl deraza sifatida o’z eski yuk mashinasining old taraf oynasidan foydalandi, pol uchun taxtalarni esa yon atrofdagi qo’shnilarning chiqindixonalaridan topib yig’ib oldi. U ichimlik suvini quduqdan oladi, elektr energiyasining o’rniga shamlardan foydalanadi, hojatxona esa tashqarida, alohida joylashtirilgan. Taom tayyorlash uchun uyning ichida qurilgan pechka bir vaqtning o’zida isitish tizimi bo’lib ham xizmat qiladi.
Har narsaga shubha bilan yondoshuvchi skeptiklar ham topilib, bunday qurilmaning ichida qishda juda sovuq bo’lishini ta’kidladilar. Biroq, bunday ekologik uy egasining ishontirishicha, ularning hammasi noto’g’ri fikrlar.
Birinchidan, pechkadan taratilayotgan issiqlik keragidan ham ortiqroq, ikkinchidan devorlar ham uyning ichidagi issiqlikni a’lo darajada ushlab turadi. Buning ustiga, uy tomi ham qo’y terilari bilan issiqlashtirilgan.
Mayk qurilish jarayonida hech narsani xarid qilmagan. Sanoqda adashilgan yagona narsa – bu kerak bo’lgan somonning miqdoridir. U qo’shimcha somon sotib olishiga to’g’ri kelgan.
Umumiy sarf-xarajat tahminan 250 AQSH dollariga teng bo’ldi. Hozirgi paytda bu erkak o’z uyini qo’shni fermadagi bir ayolga ijaraga bergan, u ayol esa ijara haqini yangi sog’ilgan sut va qaymoq maxsulotlari bilan to’laydi.
Сообщения из Facebook