Top-10: Eng sirli qadimiy labirintlar
Top-10: Eng sirli qadimiy labirintlar
Labirint - oxiri yo chiqishga yoki tupikka olib boruvchi chalkash yo'llar tuzilmasi. Ular butun inshoot yoki biror yuzaga tushirilgan tasvir ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Labirintlar ko'rinishi va belgilab qo'yilgan maqsadi bo'yicha farq qiladi, Hozirgi kunda ulardan asosan dekorativ, tarixiy va ko'ngilochar vazifasida qo'llaniladi.  Lekin har doim ham bunday bo'lmagan.

Qadimgi zamonda labirintlar diniy marosimlar va mehroblar o'tkaziladigan maxsus joy va davoluvchi kuchlarning markazi hisoblangan. Ko'pchilik bu joy tiriklar va o'liklar olamini bog'lab turuvchi g'ayritabiiy joy ekanligiga ishonishgan. Bu joyda tafakkur qilishgan va bu orzular ushalishi uchun yordam beradi deb o'ylashgan. Qadimgi labirintlarning ba'zilari hali hamon sirligicha qolmoqda.

10. Katta Zayatskiy oroli labirinti

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Atlas Obscura

Rossiya shimolidagi Oq dengizda neolit davridan qolgan dunyodagi eng baland to'plam mavjud. Katta Zayatskiy orolining o'zida 35 ta labirint joylashgan. Ularning yoshi taxminan 3000, mahalliy aholi ularni Bobilga tegishli bo'lganligini aytishadi.

Katta Zayatskiy Solovetskiy oroli arxipelagi guruhiga tegishlidir. Bu yerning labirintlari 0,5 kvadrat kilometr maydonda joylashgan 14 ta tuzilmadan iborat.  Tosh qatorlari qo'lda yasalgan ilonlar shaklida bo'lib, qadimiy inshootning markazida boshlar uchrashadi. Eng yirik tuzilish diametri - 25 metr, eng kichigi - 6 metrdan uzunlikda. 

Katta Zayatskiydagi barcha labirintlar orolning g'arbida joylashgan. Uning sharqiy etaklarida ham ko'plab toshli inshootlar bor, lekin ularning hech birini labirint deb ayta olmaysiz. 

1970-yillarda rus tadqiqotchilari labirintlar-bundan 5000 yil oldin dengizdagi suv darajasi hozirgiga qaraganda ancha yuqori bo'lgan davrda baliqlarni tuzoqqa ilintirish maqsadida foydalanilgan, degan nazariyani tadbiq etishdi. Boshqa olimlar esa labirintlarni Quyosh va Oy orbitalarini kuzatish uchun kalendar sifatida qo'llanilgan deb taxmin qilishadi. 

9. Hind-yunon aloqalari

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Marsyas

2015-yil avgust oyida arxeologlar Hindistondagi 2000 yoshli labirint yunon loy taxtalaridan ishlangan naqshlarni o'z ichiga olib, eramizdan avvalgi 1200-yilga tegishli ekanini e'lon qilishdi. 

Gedimedu qishlog'ida joylashgan kvadrat shaklidagi labirint bo'yi va uzunasiga 17 metrdan iborat. Labirintdagi yo'llar 1,1 metrdan 0,8 metr uzunlikkacha. Tuzilma Alagankulam va Palakkad manzilgohlarini birlashtiruvchi qadimiy savdo yo'lida joylashgan. Atrofda bundan tashqari yarim qimmatbaho toshlar va terakkota lampalar kabi xazinalar ham topilgan. 

Yunon asarlari hind labirintlaridan 800 yilga yosh. Pilosdagi O'rta Yer versiyasi oldin 7 aylanadan tashkil topgan eng qadimgi loy tasvir deb hisoblangan. Gedimedik labirint- dunyodagi eng yirik labirintlardan ikkinchi o'rinda turadi. 2014-yilda arxeologlar Tamil-Nadu shtatida yana bir katta labirintni topishdi. 

Hindistonda uylarning tomlariga labirintga o'xshash  naqshlar solish keng tarqalgan. Ularni "kolam" deb atashadi va u yozuv ruhlarning uyga kirishiga to'sqinlik qiluvchi sehrli kuchga ega bo'lishiga ishonishadi. 

8. Shartr

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: luc.edu

Shartr 2500 yil mobaynida Fransiyadagi eng muqaddas joy hisoblangan. Bu yerni qadimgi druidlar hurmat qilishgan, keyin esa xristianlar bu yerda o'zlarining soborini qurishadi. 

Kelt ruhoniylari Shartrni kuchli energiyaga ega  va u yerdagi suvosti suvi barcha dardlarga shifo ekanligiga ishonishgan. 1194-yilda 25 yil davomida dunyodagi eng hayratlanarli gotika uslubidagi - Shartr ibodatxonasi  (Cathedrale Notre-Dame de Chartres) qurib bitqazildi. 

1205-yilda ibodatxona ichida qadimgi toshlardan labirint barpo etildi. Labirintning spiral yo'li 294 metr va diametri 13 metrdan iborat bo'lgan. Bu joy diniy olimlar va ziyoratchilar uchun tafakkur maydoniga aylandi. 

Shartr labirintining qurilishiga nima sabab bo'lganini hech kim ayta olmaydi. 2001-yilda olimlar Masonlar qabrini qidirib, qazishma ishlarini olib borishdi, chunki bu inshoot qurilishaga sabab bo'lgan deb taxmin qilishdi. Lekin taxminlar o'z tasdig'ini bermadi.

7. "Labirintdagi odam"

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: earthart.org

Janubi-g'arbiy Amerikadagi hindlarning e'tiqodiga ko'ra, Ayitoy - o'jar xudo, Tohono Odham va Pima qabilalari ajdodlarining yaratuvchisi.

Keng tarqalgan "Labirintdagi odam" tasvirida Ayitoy labirintga kiraverishda turibdi. Biz o'z y'olimizda qiladigan hayot tarzi va tanlovni aks ettirgan. Shunga o'xshash rasmlar Shimoliy Amerikada  keng tarqalgan, bundan tashqari bu rasmni Navaxo qabilalarining kumush tangalarida hamda Tohono Odham va Pima qabilalarining to'qilgan savatlarida ham ko'rish mumkin.

Qit'aning janubi-g'arbiy xalqlari uchun bu sxema 7 aylanadan iborat. Markazdagi aylana - o'lim va abadiy hayot ramzi. Harakat labirint chetidan boshlanadi va sxema markaziga olib boradi, har bir yirik burilish esa labirint markazidan chetga olib chiqadi.

Naqsh bo'yicha ko'p izohlar mavjud, lekin "Labirintdagi odam" borasida tushunchalar juda kam.  Savatga tushirilgan labirintlar dau (eshik) deb nomlanuvchi adashtiradigan yo'llardan tashkil topgan bo'lib, mahsulot ruhiga chalkash yo'llardan chiqish imkonini beradi. 

6. Gollivud toshi

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto:  labyrinthos.net

1908-yilda sigir ovlash paytida mahalliy aholi labirint tasvirini eslatuvchi naqsh tushirilgan toshga duch keladi. Topilma Irlandiyadagi Viklou grafligida qilingan. Gollivud deb nomlangan tosh - bo'yi 1,2 metr, qalinligi esa 0,9 metr bo'lib, o'tli dalada yuzi yerga qarab yotgan. Toshda labirintning diametri 70 sm bo'lgan kichik qismi yo'qolgan.  

Xristianlar bu toshning O'rta asr davriga oid ekanligini taxmin qilishadi. Toshning nima uchun yaratilgani hali ham aniq emas. Ba'zi tadqiqotchilar toshni Glendaluh abbatligidagi ibodatxonani ziyorat qilish uchun va bu oraliq to'xtash belgisi ekanligini taxmin qilishadi.

Mingyilliklar labirintning ziyorati bilan bog'liq. Haj ziyorati ko'pincha juda uzoq, qiyin va qimmatga tushgan. Ba'zi e'tiqodchilar uchun muqaddas joyni ziyorat qilish moddiy jihatdan to'g'ri kelmagan, shuning uchun ham odamlar Isroilga borish muqobilliklarini o'ylab topishgan.

Odamlar Glendaluh abbatligini ikki marta ziyorat qilish Quddusni bir marta ziyorat qilish bilan teng deb hisoblashgan. Vaqtlar o'tib abbatlikni 7 marta ziyorat qilish muqaddas joyni bir marta ziyorat qilishga teng bo'lib qoldi. 

5. Ierexon labirintlari

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: cems.uvm.edu

Ierexon labirinti (The Jericho labyrinth) - eng sirli xristian timsollaridan biri.  Ba'zi o'rta asr manbalari "Uruem Gericho"ni Krit motivlarini eslatuvchi 7 qirrali labirint deb hisoblaydi. 

Ba'zi olimlar buni yahudiy askarlar 7 marta shaharni aylanib chiqqanidan keyin Ierexon devorining qulashi haqidagi bibliya satrlari bilan bog'liq deb hisoblaydi. Ko'p yunon solnomalarida Ierexon labirinti Solomon qiroli uchun yaratilgan deb yozilgan. Bu labirint haqidagi ilk so'zlar Italiyaning Abruzzi monastirida e'lon qilingan. Eramizdan oldingi 822-yilda qurilgan bu inshoot keyinroq kvadrat holidan aylana holiga keltirilgan. 

Xristianlar ilk marotaba labirint tasvirli naqshlarni El Asnam shahridagi San Reparatus cherkovida ishlatishgan. Miloddan avvalgi 4 yuzinchi yildagi bu yozuv, uning markaziga yozilgan Sancta Eclesia (muqaddas cherkov) - xristianlarning timsoli bo'lib qoldi.  

4. Blyu-Yungfrun (Ko'k ayol) orolidagi labirint

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Mingusrude

Blu-Yungfrun - Shvetsiya qirg'oqlarining sharqidagi Kalmarsund bo'g'ozidagi kimsasiz oroldir. Asrlar davomida bu joy g'ayritabiiy kuchlar bilan bog'liq joylarning o'sishi kuzatildi. Bu kungacha uning ziyoratchilariga turistik joylardan chetga chiqish tavsiya qilinmaydi, quyosh botganidan keyin sayr qilish esa umuman taqiqlanadi.

Oroldagi eng sirli joylardan biri - zich joylashgan o'rmon o'rtasidagi tosh sochilmasi. Shvetsiyadagi ulkan bu labirint Trolleborg  labirinti nomini oldi. 

Ko'pchilik labirintning Blu-Yungfrun orolidagi baliq ovlash sohasi bilan bog'liqligiga ishonadi. Labirintlar tez-tez Skandinaviya arxipelaglari bilan to'qnash keladi. Ular odatda unumdorlik va omad timsoli bo'lib kelgan.

Trolleborg labirinti qachon qurilganligi haligacha aniq emas. Lekin biz uning XVIII asrda bo'lganligini aniq bilamiz. Bu labirintning yanada qadimiyroq ekanligi haqida dalillar ham mavjud. 2015-yilda arxeologlar eramizdan avvalgi 7000-yilda orol g'orlaridan birida diniy marosimlar o'tkazilganligini isbotlashdi.

3. Kasa-Grande labirintining jumbog'i

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: cayacoven.org

Dunyodagi eng sirli va noaniq labirintlaridan biri AQShning Arizona shtatigi Kasa-Grande xarobalarida joylashgan. 1694-yilda katolik rohib Kino Jila daryosi qirg'oqlarida mahalliy aholi afsonalaridagi Buyuk uyni topishga qaror qildi. Natijada u Sonora cho'lidagi eng oldi cherkovlar bilan tenglasha oladigan, qasrlarga o'xshash 4 qavatli binoni uchratadi. 

Binoning shimoliy devorida murakkab labirinti naqshi tushirilgan. Amerikada o'n yil mobaynida bu rasm yagona topilma edi. Eng qizig'i bu tasvir 2000 yoshdagi Krit tangalaridagi murakkab naqshlarga juda o'xshaydi. 

Ehtimol bu qadimiy naqsh tasodifan qayta ishlangandir. 1961-yilda Kiva jurnali shubhasiz bu labirintni Jila okrugidan, Tonto milliy yodgorligidan, Salado qabililarining xarobalaridan ham "tarixdan ilgari" ekanligini chop etadi. 

Arxeologik tadqiqotlar natijasida Kasa-Grande labirinti almisoqdan qolgan davrga tegishli ekani tasdiqlandi. Demak, Buyuk uy yevropaliklarning Amerika qit'asiga kelishidan oldin, XV asrgacha qurilgan. 

2. Tosh asridagi Daniya labirinti

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: sciencenordic.com

2017-yilda Daniyalik arxeologlar tosh asriga oid labirintning bo'laklari bo'lmish-sirli bazalt ustunlarini topishdi. Neolit davriga oid bu topilma Stevn kommunasida topildi. U 18 000 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Bu joy qadimgi aholining xaroba to'siqlariga o'xshaydi, lekin olimlar bu qoldiqlarning boshqa maqsadda ishlatilganini aytishadi. Maydonning ichiga kirishda joylashgan 5 notekis tosh qatorlarini ko'rish mumkin, ular qasddan har xil joylashtirilgani aniq.

Odatda bunday ustunlar himoya maqsadida barpo etilgan. Lekin bu yerda ustunning uzunligi 2 metrga ham yetmaydi va kolonnalar orasida bir odam o'tishi uchun  joy yetarli. Bu devor himoya qilish uchun qurilganga o'xshamaydi.

Ustunlarning notekis yoki muqobil joylashuvi bir joyda turgan holda to'siqning ichiga qarash imkoniyatini yo'qotadi. Lekin kolonnalarning bunday joylashuvi labirint ichida o'tkazilayotgan diniy marosimlarning sirli qolishi va begonalarning ko'rmasligi uchun ayni muddao bo'lar edi. 

Stevns tumanida hali bu kabi xarobalar topilgani yo'q. Bu yerda arxeologik qazishmalar ko'p olib borilmagani uchun, bu yerda hali ko'p sirlar bor deb o'ylaymiz.

1. Minotavr labirinti

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Ancient Origins

Dunyodagi eng mashhur labirint - aslida labirint emas. Yunon afsonalariga ko'ra, krit qiroli Minos bu "labirint"ni odamlar va buqalar bilan oziqlanuvchi Minotavrni joylashtirish uchun qurdirgan. Afsonaga ko'ra, Minotavr labirinti - Tesey ip to'pi yordamida o'tgan yerosti yo'llarining tuzilmasidir. 

Asrlar davomida odamlar shu afsonalardagi hayratga soluvchi o'sha yerni izlashgan. Mahalliy aholi Gortina shahri yaqinidagi qadimiy g'or aynan o'sha afsonadagi labirint ekanligini  taxmin qilishgan. 3 kilometr uzunlikdagi bu labirint - hech qayerga olib bormaydigan yo'lak va xonalardan iborat butun bir majmuadir. 

Ingliz arxeologi Artur Evans bunga e'tiroz bildirdi. Miloddan avvalgi 2-asrga oid yunon manbalarida o'sha labirint Knossa qirolining qasri ostida ekanligi aytilgan. Fransuz olimi Pol For ham Gortina labirinti haqidagi ta'limotga qo'shilmaydi, u bu afsonaviy yerosti inshootining Skotino qishlog'i yaqinidagi Muqaddas Paraskevi g'orida joylashganini taxmin qilgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook