просмотров
1. Elektrodvigatellar
Kelajak shular ortida.
Yuqori ishlab chiqaruvchanli elektrodvigatel yaratilishi unchalik ham katta yutuq emas. Undanda muhimi so'nggi yillarda olimlar akkumulyatorlar rivoji uchun katta hissa qo'shganlari va bu sohada ishlashni davom ettirayotganlaridir. Bundan 10 yil avval kim ham o'ylabdi 2017 yilga kelib barcha yetakchi avto ishlab chiqaruvchilar o'zlarining elektrokarlarini chiqara boshlaydi deb? Shunga qaramay endilikda bu realdir.
2. Gibrid dvigatellar
Bunday mashinalar ommaviylashib bormoqdalar.
3. Vodorod yonilg'i elementlari
Vodirod juda zo'r alternativa.
Vodorod yonilg'i elementlari bilan oziqlanuvchi avtomobillar konstruktorlarda elektrokarlardek katta qiziqish uyg'otadi. Bunday mashinalar bugungi kunda haqiqatda ishlab chiqarilmoqda. Bu sohada katta yutuqlarga Toyota, Honda va Hyundai kompaniyalari erishdi. Aytganday, Toyota hatto vodorod yonilg'isidagi birinchi yuk furasini ham yaratdi. Mashina birinchi to'la qonli reysga 2017 yil oktyabrida chiqishi ko'zda tutilgan.
4. "Haydovchisiz" avtomobillar
Bunday kompyuterlar bilan yaqin orada haydovchilar kerak emas bo'lib qoladi.
Haydovchisida ehtiyoj bo'lmaydigan avtomobillar ommalashishi bilan asosan Tesla jamoasi shug'ullanmoqda. Biroq so'nggi yillarda borgan sari ko'proq ishlab chiqaruvchilar mashinalar uchun "aqlli" texnologiyalarga qiziqishlari uyg'onmoqda. Ma'lum bir muvaffaqiyatlar ham bor. Konstruktorlar xozirda yo'l harakati qismidagi holatni baholay olagigan yordamchi-tizimlar yaratishga erisha olyaptilar. Ular qaror qabul qilishi va avtomobilni boshqarishlari mumkin. Biroq haydovchi-odamni to'liq o'rnini egallash haqida hali gap borayotgani yo'q. Xozircha.
5. Uchar taksi
Uchdik.
Odam o'z tarixining avvalidan osmonga intilgan. Butun tarixi davomida avtosanoat uchar avtomobil yaratishga harakat qilganida nimasi taajublanarli? Bu sohadagi eng ahamiyatli urunishlar XX arsning ikkinchi yarimida qilingan edi. Bugungi kunga kelib uchadigan individual transport vositalariga qaytmoqda. Zamonaviy texnologiyalar esa, uzoq vaqt ichida birinchi bor, muxandislarga haqiqatda ishlaydigan va etarli darajada effektiv prototiplarni yaratishga imkon bermoqda.
6. Konseptual transport
Yanada ko'proq qiziqarli namunalar.
So'nggi o'n yillikda avtomobillarni dizayn va kompaniyasini yaxshiroq tushunishga qaratilgan, avvalgidan "radikal" roq urunishlar qilinmoqda. Ko'plab qiziqarli konseptlar paydo bo'lmoqda. Masalan, avtomobilist qayta qura oladigan kuzovli modulli mashinalar. Bu yo'l orqali u o'z avtosining klassini o'zgartira oladi. Albatta, ko'pchilik konseptlar shu bo'yicha qog'ozda qolib ketadi. Biroq alohida g'oyalar albatta iste'mol bozoriga borib tushadi.
7. Interaktiv yo'llar
Aqlli yo'l.
Faqatgina kelajak avtomobilining tasavvurdagi ko'rinishi o'zgaribgina qolmay, balki u yuradigan yo'llar ham o'zgarmoqda. Yo'l qoplamining yaxshilanishi - bu faqatgina yuzaki juda oz miqdoridir. Bugunning o'zida o'zidan namlikni o'tkazadigan yo'llarning namunalari, super mustaxkam plastikdan yo'llar, hamda "aqlli" belgili LED yoritkich yordamida proeksiya bo'ladigan, atrofdagi vaziyatga javoban reaksiya beruvchi yo'llar namunalari mavjud.
Сообщения из Facebook