Agar siz buyumlaringiz yuvilganidan keyin ham o‘zining ajoyib ko‘rinishini saqlab qolishini va sizga uzoq vaqt xizmat qilishini xohlasangiz, quyidagi maslahatlarga amal qiling.
Oq rangli buyumlar rangini saqlash
Oq rangli buyumlarni zanglamaydigan idishda, 3 osh qoshiq maydalangan kir sovun va 3 osh qoshig‘ida soda solib, yarim soat davomida qaynatib oling. Shuni esda tutingki, faqat dog‘i yo‘q buyumlarnigina qaynatish mumkin.
Dasturxondagi yog‘ dog‘larini ketkazish
Dog‘ yangiligida uning ustiga shakar o‘rnini bosuvchi kukundan sepib qo‘ying.
Sochiqdan pardoz bo‘yog‘ini ketkazish
Xlorli oqartiruvchi va dezinfeksiya vositalarini suv bilan aralashtiring va unga sochiqni bir necha daqiqa ivitib qo‘ying.
Jundan tayyorlangan buyumlarni oqartirish
Yuvishdan oldin, 10 litr suvga 2 osh qoshiq yuvish vositasidan solib, 2 soat ivitib qo‘ying. Jundan tayyorlangan buyumlar iliq suvda yuviladi.
Rangli buyumlarni yorqin qilish
Yuvish vaqtida, suvga 2-3 osh qoshiq tuz soling.
Issiq dazmol dog‘ini ketkazish
Sarg‘aygan joyni sovuq suvda iviting, so‘ng xlorli ohak eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshiq ) bilan artib tashlang.
Ipak buyumlardagi dog‘larni ketkazish
Ularni xantal damlamasida yuving va nashatir spirtli ( 10 litr suvga 1 choy qoshiq ) suvda chayqab oling.
Сообщения из Facebook