Siz hayotingiz davomida, ehtimol, ijrochilarning musiqiy albomlarining muqovalarini ko'rgan bo'lsangiz kerak, hamda ularning barchasi qanchalar g'alati ekani sizga ma'lum. Rossiyalik hazilkash va musiqaning katta shinavandasi Igor Lipchanskiy chet el ijrochilarining musiqiy albomlarining muqovalarining chegaralarini, ularga ma'no va katta miqdorda hazil-mutoyiba qo'shgan holda, kengaytirishga qaror qildi.
Igor "kengaytirish" so'zi ostida, kadr ortida shu vaqtda nima yuz berayotganini ko'rsatish maqsadida, fotoshop yordamida muqovalarning vizual davomini ko'zda tutadi. Bu juda ham original va qiziqarli loyiya bizni mamnun qoldirdi.
"Mening ismim Igor va men sovuq Rossiyada yashayman. AK-47 ning ishlab chiqilishi va xonaki ayiqning o'rgatilishi orasidagi tanafuslarda, menga musiqa tinglash yoqadi. Hamda, men musiqiy albomlarining muqovalarini tomosha qilgan vaqtimda, men ularda o'zim uchun ham joy ko'raman" - deb Igor, chet el portallarining birida, o'zi haqida yozadi.
Сообщения из Facebook