Ajoyib desert: "Malika" torti
Ajoyib desert: "Malika" torti
Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo tomonidan tayyorlab ko‘rilgan.

Bu ayol qirol Gustav V ning ukasi bo‘lmish shahzoda Karl Bernedottning qizlari - malikalar Margarita, Marta va Astridga muallimalik qilgan. Qizlar tortni juda yaxshi ko‘rganlari tufayli  shirinlikka "Malika" nomi berilgan. O‘z vaqtida ushbu desertni "Prinsesstårta", ya’ni "Malikalar torti" deb ham atashgan. Sentyabr oyining uchinchi haftasida esa tortni pishirish uchun maxsus bayramlar uyushtirilgan. Ayni vaqtda Shvetsiyada ushbu tort yilning to‘rt faslida ham tayyorlanadi. Tortning ustki qoplamasi rangi esa nafaqat yashil, balki pushti, sariq, qizil, to‘q sariq va oq bo‘lishi ham mumkin.

Energetik quvvati

Kaloriya: 842 kkal

Oqsillar: 12,4 gramm

Yog‘lar: 51,4 gramm

Uglevodlar: 86,6 gramm 

Kerakli masalliqlar:

3 dona tayyor biskvit 

150 gr malina murabbosi

1,5 choyqoshiq jelatin

500 ml qaymoq

50 gr qand upasi

250 ml sut

4 dona tuxum sarig‘i

2 oshqoshiq kartoshka kraxmali

3 oshqoshiq shakar

1 dona vanil tayoqchasi

500 gr marsipian

80 gr sariyog‘

Tayyorlanishi:

Tayyorlanishi:

1. Tuxum sarig‘i shakar, kraxmal va vanil urug‘lari bilan birga ko‘pirtiriladi. Sut qizdirib olinadi, asta-sekinlik bilan tuxum sarig‘i ustidan quyiladi. Aralashma olov ustiga qaytarilgach, ichiga sariyog‘ solib, aralashtirgan holatda massa quyuqlashguniga qadar qaynatib turiladi. Krem toza idish ichiga solinadi, usti plyonka bilan yopiladi va sovutgich ichiga joylab qo‘yiladi.

2. Jelatin ikki oshqoshiq issiq suvga solib ivitiladi va shu holatda to‘liq eriguncha qoldiriladi. Ko‘pirtirilgan qaymoq qand upasi bilan aralashtiriladi. Ikki oshqoshiq massa eritilgan jelatin ichiga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massa asta-sekinlik bilan ko‘pirtirilgan qaymoqning qolgan qismi ichiga quyilgach, ko‘pirtirish davom ettiriladi.

3. Birinchi korj ustiga murabbo va qaymoq yupqa qilib surtiladi. Ustidan ikkinchi korj yopiladi. Uning yuza qismiga esa vanilli krem hamda ko‘pirtirilgan qaymoq surtib chiqiladi. 

 

4. Qaymoqqa gumbaz shakli beriladi. Ustidan yupqa korj joylashtirilgach, tort dumaloq shaklga keltiriladi. Chetlariga qaymoq surtiladi, biskvitning har bir qismi qaymoq bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi lozim. Ana shunda marsipian ham yaxshi yopishadi. 

5. Tayyor tort yashil marsiapian bilan qoplangach, ustki qismi atirgullar bilan bezatiladi va qand upasi sepib qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook