просмотров
Texaslik erkak ham o‘zining azaliy orzusini amalga oshirish uchun eski maktab avtobusini g‘ildirakli uyga aylantirdi. Uning ijod namunasi kreativ loyiha va detallar aniqligi bilan kishini hayron qilib qo‘yadi.
AQSHning Texas shtatidagi Ostin hududia yashovchi erkak ko‘p yillardan beri shahar tashvishlaridan sokin holatda dam olish uchun yordam beradigan mittigina uyi bo‘lishini orzu qilardi. Kunlarning birida auksionda eski maktab avtobusi sotilayotgani haqida eshitdi-yu, uning hayoliga ajoyib g‘oya kelib qoldi. U avtobusni haqiqiy uyga aylantirish uchun ishga kirishdi. Axir odatiy uyni qurish uchun juda ko‘p vaqt va pul kerak bo‘lardi, bundan tashqari uni g‘ildirakli uy kabi hamisha yoningizda olib yurishga imkon ham bo‘lmaydi.
"Oxir-oqibatda, uning devorlari, deraza va eshiklari bor. Bu esa uy barpo qilish uchun mukammal asos" dedi bizning qahramonimiz o‘z do‘stlariga qarata. Aslida g‘oya yangi emas, ammo uning eski avtobusga nisbatan qo‘llanilishi juda qiziqarli edi.
Erkak avtobusni 2200 dollar evaziga sotib oldi. Uy yaratish borasida tejamkorlik qilishni istab, uning barcha ishlarini o‘zi mustaqil ravishda amalga oshirdi.
Bu borada hech qanday tajribaga ega bo‘lmasa ham juda aniqva to‘g‘ri reja qildi, bu esa to‘laqonli uy yaratish uchun asos vazifasini o‘tadi.
Jarayon ishlari avtobusning ichki qismini bo‘shatish, qoplamalarni olib tashlash, deraza va shiftga ishlov berishdan boshlandi.
Foydali hudud yaratish uchun esa avtobusga ikkinchi qavat qo‘shildi, bu kiyim-kechaklarni saqlab qo‘yish uchun ko‘mak berardi. Qurilmaning mustahkam bo‘lishi uchun esa unga po‘lat biriktirildi, mashinaning ustki qismi maxsus mineral paxta va tabiiy yog‘och bilan qoplab chiqildi.
Ishning ayrim bosqichlariga soha mutaxassislari taklif qilindi, ular elektr toki, oshxonaga kafel terish masalalarini hal qilib berdilar. Quruvchilar erkakning antiqa g‘oyasi va o‘ta aniqlik bilan ishlangan loyihani olqishladilar. Ular uylaridagi oshxona ham ushbu avtobus ichidagi oshxonadan kichikroq ekanligini aytib o‘tdilar.
Erkak avtobus ichinibarcha qulayliklarga ega bo‘lgan yotoqxona, mehmonxona, sanuzel va ish kabinetiga ajratdi.
Shift qismning biroz kztarilgani esa saqlash tizimini hosil qilishga yordam berdi. Shu tariqa barcha kerakli buyumlar mashinaning yuqori qismida saqlanadigan bo‘ldi.
Erkak o‘zining mitti uyini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun unga quyosh batareyalarini o‘rnatdi. Bu esa uy sohibiga sivilizatsiyaning barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanish - televizor ko‘rish, internetda kerakli ma’lumotlar bilan tanishish, taom tayyorlash, dush qabul qilish yoki konditsioner yoqish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
Noodatiy uy ichiga kirib borar ekansiz, bu yerdagi betakror qulayliklar bilan tanishib, uning kichik avtobus ichida hosil qilinganiga ishongingiz kelmaydi. Boisi uy ichidagi sharoitlar juda qulaydir.
Bu o‘rinda uning ko‘chib yurish imkoniyatini ham tilga olmay iloji yo‘q. Uning ichida nafaqat hayot kechirish, balkш istalgan joyga sayohat qilish ham mumkin.
Сообщения из Facebook