просмотров
Agar xonadoningizda ertayu-kech radio, televizor, xavo suvitgich barcha xonalarda esa chiroqlar yoqilgan bo’lsa, kechga borib oila a’zolarining kayfiyati tushib, tez toliqishidan ajablanmasa ham bo’ladi.
Eng avvalo, rangli televizor turgan honada also uhlamang. Bolalarning ham televizor yonida o’ynashi zararlidir.
Hozirgi kunga kelib, butun dunyo bo’yicha rangli televizorlar ommalashgan bir paytda bir necha rivojlangan mamlakatlar sog’liqni muhofaza qilish maqsadida oq-qora televizorlardan foydalanishadi.
Zamonaviy ovqat tayyorlash uskunasi bo’lmish mikroto’lqinli pechlar ham o’zidan zararli bo’lgan kuchli energiya ajratib ishtaxasizlik va yomon uyquga sabab bo’lishi mumkin. Buning oldini olish uchun ovqat tayyorlanadigan paytda oshxonaga bolalarni kiritmaslik, ovqat tayyor bo’lganidan keyin esa oshxonani darxol shamollatish kerak!
Uy ta’mirlashda sun’iy polimerlardan foydalanish inson uchun juda zararlidir. Ulardan eng qimmati va shu bilan birga, eng zararlisi penoplen hisoblanadi. Aynan penoplen asta-sekinlik bilan inson asab-ruhiy tizimiga zarar qilib, tanani zaxarlaydi. Ta’mirlashda bu jihozlardan voz kechsangiz, ruhiy hotirjamlik, yaxshi kayfiyat va har qanday jihozlardan ham qimmat bo’lgan sog’lig’ingizni saqlab qolgan bo’lasiz.
Uyni qish mavsumiga tayyorlash maqsadida, derazalarni yopishqoq qog’ozda berkitish ham honada manfiy, zararli energiyaning to’planishiga sabab bo’lishini unutmang.
Сообщения из Facebook