просмотров
Crocosaurus Cove - 100 ga yaqin timsoh, 40 ta toshbaqa, shuningdek, turli xil baliqlardan iborat qo'riqxonadir.
Crokosaurus Cove dunyodagi eng katta Avstraliya sudralib yuruvchilari va timsohlarining uyidir. Ushbu timsoh sudralib yuruvchilarning qiroli sanaladi. Agar bunday timsoh odamga hujum qilsa, qolganlar faqat o'ljasini sudrab borishini kuzatishi mumkin. Bunday vaziyatda hech narsa qilishning imkoni yo’q.
Crokosaurus Covening bog'ida siz shunchaki sayr qilib, sudralib yuruvchilar va baliqlarni ko’rishingiz yoki bo’lmasa “qafas”da qanchalik ekstremal elanligingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Bu makon Avstraliyadagi eng yirik suv attraktsionlaridan biridir.
Taxminan besh metr uzunlikdagi timsohga ega bo'lgan nisbatan kichik hovuzda ular uch metrli "shisha xonacha" og'ir vaznli oynali kabina tushirishadi. Ichida esa qiziquvchan sayyohlar bo’ladi. Ushbu shishali kapsula mutlaqo havfsizdir. Bundan tashqari, har bir tashrif buyuruvchi sho'ng'ishdan oldin xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishadi.
Timsohlar bilan uchrashuv davomiyligi 15 daqiqadan oshmaydi. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun tashkilotchilar temir panjara bilan temir qafaslardan voz kechishdi, shisha idishlarni eng havsiz deya sanashdi.
Sayyohlar suvga tushirilganda timsohlar bilan yuzma-yuz turishadi. Timsohlar, shubhasiz, o’zini tabiiy tutadi ya’ni sizga dushman deb emas yegulik deya qaraydi. Buni ularning hatti-harakatlaridan sezishingiz ham mumkin. Bu yer bugungi kunning eng diqqatga sazovor ekstremal joyi hisoblanadi. Ushbu ekstremal joyga mahalliy aholi ham ko’p sonli sayyohlar ham tashrif buyurishgan va buyurib kelishmoqda.
Сообщения из Facebook