Bolalarga berish mumkin bo‘lmagan 9 "foydali" mahsulot
Bolalarga berish mumkin bo‘lmagan 9 "foydali" mahsulot
Bolalar uchun mo‘ljallangan yogurtning 100 gr tarkibida 100 gr shakar bo‘lishidan xabaringiz bormi? Uni har kuni iste’mol qilish esa semirishga olib kelishi tayin. Bundan tashqari aksariyat ota-onalar yogurtni foydali mahsulot sifatida bolalar taomnomasining ajralmas bir qismiga aylantirganlar.Bilsangiz, bir qarashda foydalidek ko‘ringan va kichkintoylar taomnomasining bir qismiga aylanib qolgan mahsulotlar soni yetarlicha. Biroq ularning ayrimlari foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.

Yog‘sizlantirilgan sut

Aksariyat ota-onalar sigir sutini yog‘li mahsulot sifatida e’tirof etadilar-da, yog‘sizlantirilgan, bodom yoki soya sutini foydaliroq sanab, aynan uni bolalarga beradilar. Bundan tashqari ayrim ota-onalar bolada laktozaga nisbatan allergiya bo‘lishidan qo‘rqib yurishadi.

Olimlarning aytishlaricha, sut va sut mahsulotlari iste’molidan voz kechish bolalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Yog‘sizlantirilgan su iste’mol qiluvchi bolalarda D vitamini miqdori sigit sutini iste’mol qilgan kichkintoylarga nisbatan ikkikarra kamroq bo‘larkan. Bundan tashqari ko‘p hollarda ularning bo‘ylari ham yaxshi o‘smaydi. 

Yong‘oqlar

Yong‘oqlar miya faolliginini kuchaytirishi hamma uchun tanish yangilik. Ammo ular bolalarda allergiya keltirib chiqarishi ham mumkin. Kichkintoyda allergiya bo‘lmagan holatda ham bu kabi mahsulot uning bo‘g‘ilib qolishiga olib keladi. Shu sababli mutaxassislar 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga  yong'oqlarni butun holicha bermaslikni ko‘p bor uqtiradilar. Mazkur yoshdan kichik bo‘lgan bolajonlarga yong‘oqlarni maydalangan holatda yoki pyurelar ichiga qo‘shib berishingiz mumkin. 

Kolbasa, xot-dog, naggets

Ushbu mahsulotlar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham xavfli sanaladi. Organizmi hali nimjon bo‘lgan bolalar esa undan yanada ko‘proq zarar ko‘rishlari mumkin. Gap shundaki, mazkur mahsulotlar tarkibida ko‘plab konservantlar, misol uchun nitratlar mavjud.

Ular inson salomatligi uchun katta xavf tug‘diradi. Olimlarning aytishlaricha, konservantlarni haddan tashqari ko‘p miqdorda iste’mol qilish saraton kasalligi rivojlanishiga ham olib keladi. Shu sababli bunday yeguliklarni tovuq va kurka go‘shti bilan almashtirgan ma’qul. 

Konservalangan mevalar

Aslida konservalangan mevalarning yangi mevalardan zararliroq ekanligi haqiqatga yaqin emas. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, konservalangan va muzlatilgan mevalar hamyangi mevalar kabi ozuqaviy xususiyatlarga ega. Ammo ularning bir qator kamchiliklari ham bor.

Ko‘p hollarda bu kabi konservalarni shirin sirop bilan to‘ldirishadi, uning tarkibidagi shakar miqdori esa kishini hayratga solib qo‘yadi.  Aynan shu kabi mahsulotlarni bolalarga umuman bermaslik kerak. Tabiiy sharbat ichidagi mevalarni esa ularga berish mumkin.

Dengiz mahsulotlari

Baliq hamda dengiz mahsulotlari tarkibida ko‘plab ozuqaviy moddalar, bolajonlar uchun foydali qo‘shimchalar bor ekanligini rad etib bo‘lmaydi. Ammo ushu mahsulotlarni4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emasligini bilasizmi? Sababi ularning aksariyat qismi kichkintoylar salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ayrim paytlarda boshqa sanalar bilan sotuvga chiqarib yuborishadi. Shu bilan birga ba'zi dengiz mahsulotlari tarkibidagi simob kichkintoylar tanasini yaxshigina qiynab ham qo‘yadi. Shu sababli dengiz mahsulotlari tanlash paytida tarkibida simob bo‘lmaganidan, misol uchun losos yoki qisqichbaqalar tanlang. Shunda ham bolalarga hom baliqni berish mumkin emas. Qolaversa kichkintoyga A geppatitidan himoyalovchi vaksina qildirish ham yodingizdan chiqmasin.

Kakao va qahva

Aksariyat holatlarda kakao ichimligi bolalar uchun zararsiz bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu mahsulot tarkibida kofein ham bor, bu esa bola tanasidagi og‘ir alomatlar, asabiylik, uyqusizlik, yurak urishining tezlashishi kabi muammolarga sababbo‘ladi. Aynan shu kabi kamchiliklar qahva ichimligi sababli ham yuzaga kelishini bilsangiz kerak. Agar bolalar uchun tayyorlangan kakao ichiga shakar qo‘shib qaynatiladigan bo‘lsa, uning zarari ikki barobar ortadi. Mittovoylar uchun kakaoni faqatgina tong payti va oz miqdorda bergan ma’qul. Bundan tashqari uning tarkibidagi shakarni ham nazorat qilib turing. Qahva esa bolalar taomnomasidan mutlaqo olib tashlanishi kerak.

Zefir

 

Avvalo zefir bolalarda bo‘g‘ilishni keltirib chiqargani uchun ham zararli sanaladi. Bu kichik o‘lchamli zefirlarga ham birday tegishli! Agar bolakay taomlanish paytida kuladigan bo‘lsa tamom - eriyotgan zefir nafas olish yo‘llariga tushib qoladi. Zefirning ikkinchi zararli jihati uning tarkibidagi shakar miqdori bilan bog‘liq. Shu sababli do‘konlarda sotiluvchi zefirlardan voz keching-da,u ni uy sharoitida o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlab bering. Bu kabi jarayon paytida unig tarkibidagi shakarni nazorat qilish va shirinlikni tabiiy mahsulotlar yordamida pishirishingiz mumkin bo‘ladi.

Qo‘ziqorin

Yovvoyi qo‘ziqorinlarning qanchalar xavfli ekanligini har bir inson bilsa kerak. Shu sababli notanish yerlardan terib kelingan qo‘ziqorinlar bilan bolani mehmon qilish uchun shoshilmang. Bundan tashqari bolalarning o‘ziga ham qo‘ziqorinlarning ayrim turlari zaharli bo‘lishi, ko‘chada o‘ynay turib, ularni behosdan iste’mol qilib qo‘yish mumkin emasligini uqtirish kerak.

Qo‘ziqorinlar bolalarda bo‘g‘ilishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari tarkibidagi kletchatka yaxshi xazm bo‘lmaydi. Aynan shu sababli ham 5-6 yoshga to‘lmagan bolalarga qo‘ziqorin berish umuman mumkin emas.

Jo‘xori va karam

Aslida ushbu mahsulotlar zararli emas, ammo ular ovqat xazm qilish tizimi yaxshi rivojlanib ulgurmagan bolalarga ta’qiqlanadi. Mazkur yeguliklar bolajonlarda qorin dam bo‘lishiga olib keladi, natijada qorin sohasi qattiq og‘rishni boshlaydi. Shu sababli ushbu mahsulotlarni 1-1,5 yoshga to‘lmagan bolajonlarga bermang. Bundan tashqari jo‘xori ko‘p hollarda allergiya keltirib chiqarishi ham mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook