просмотров
Qirolicha Yelizaveta IIni shaxsan ko'rish imkoniga ega bo'lib qolgan har qanday inson, noqulay ahvolga tushib qolmaslik uchun nimalarni bilishi kerak? Birinchidan, shuni ta'kidlashlozimki, agar Sizni Bukingem saroyiga taklif qilishsa, har qanday holatda sizni qirolicha bilan uchrashuvga tayyorlashadi : nimalar mumkin va nimalar mumkin emasligi, qanday kiyinishingiz kerakligi va nima deyishingiz va nima qila olmasligingiz haqida ko'rsatmalar beriladi.
Qirolichaga qo’l tekkizish mumkin emas
Ammo ko’rsatmalar va maslahatlarsiz ham hammaga ma’lum bo’lgan bir necha qoidalar mavjud. Shulardan biri va eng muhimi – har qanday holatda ham qirolichaga qo’l tekkizish mumkin emas. Siz uning qo'lini siqib qo'yishingiz mumkin, lekin agar u sizga o'zi taklif qilsagina. 2000 yilda Kanadadagi Vaterlo universiteti prezidenti Devid Jonston ushbu qoidaga amal qilmadi. Qirolicha yonida zinadan tusha turib, uni tirsagidan ushlab turdi. Keyinchalik Jonsonning o'zi tushuntirganidek, bu harakat intuitive ravishda sodir bo’lgan va qirolicha xavfsizligi uchun qayg’urish bilan bog'liq edi. Biroq Buyuk Britaniya tarixida Jonston "xulq-atvor qonun-qoidasini bilmaydigan odam" sifatida muxrlanib qoldi.
Albatta, jamoat bilan uchrashuvlarda qirollik oilasining a'zolari kim bilandir ko’rishishga yoki kim bilandir qochoqlashishga haqlari bor albatta, ammo bunday hollarda ularning o’zlari bunday harakatlarning tashabbuskori bo'lishlari kerak.
Uchrashuvga kechikmaslik
Yana bir qat'iy qoida – uchrashuvga hech qachon kechikmaslik. Qirolichadan kechroq kelish va undan avval uchrashuvni tark etish – bu hurmatsizlikning aniq bayonidir. Qiorolichaning o’zi xohlasagina siz uchrashuvni undan avval tark etishingiz mumkin, albatta uning ruhsati bilan. Bunda qirolicha o'z kotibiga ishora bilan belgi beradi, kotib ham o’z navbatida bu haqda tashrif buyuruvchiga xabar beradi.
Orqa bilan turmaslik
Yana bir qat'iy ta’qiq – hech qachon qirolichaga orqangizni o’girib turmang. Agar siz bir nechta kishi bo’lib taklif qilishgan bo'lsangiz, to'g'ri chiziq bo'lib emas, yarim doira shaklida shunday turishgiz kerakki, biringiz Hazrati Oliyalariga yuzingiz bilan qaragan bo’lishingiz lozim.
Hadyalar qilmaslik
Bundan tashqari, qirolicha bilan uchrashganda, qo'lingizda hech narsa ushlab turmasligingiz kerak. Albatta, qirolicha bilan uchrashishdan oldin, xavfsizlik xizmati muloyimlik bilan sizdan barcha hujjatlar va boshqa narsalaringini majlislar zalidan tashqarida qoldirishingizni so'raydi. Shunday ekan, qirolichaga biror esdalik yoki shunga o’xshash boshqa narsalarni berishni unuting, agar bu haqda oldindan kelishib olinmagan va sizga bunday hadya uchun ruhsat berilmaga bo'lsa, albatta.
Selfi qilmaslik
Selfie haqida nima deyish mumkin? Unga ham umid qilmaslik kerak. Bukingem saroyida qirollik oilasidan hech kim mehmonlar bilan birga selfi qilmaydi – hattoki bunday fotosuratni olish taklifi ham hayrat va taajjub bilan kutib olinadi. Saroy tashqarisida qoidalar biroz yumshoqroq bo’lishiga qaramay, umumiy selfiga, ayniqsa qirolicha bilan selfiga ruhsat yo’q.
Buyuk Britaniya Qirolichasi bilan uchrashuvda o'zini tutishning umumiy qoidasi shundan iboratki, siz tashabbuskor bo'lishingiz shart emas, siz shunchaki qirolichaning aytganiga va nima talab qilayotganiga rioya qilishingiz kerak. Suhbatni avval siz boshlamasligingiz, qirolichadan oldin stoldan atrofidan turmasligingiz, va Hazrati Oliyalaridan avval oldin ovqat yeyishni boshlamasligingiz kerak.
Prezident Gerald Ford qirolicha Yelizaveta II bilan sharafiga berilgan kechki ovqat paytida raqsga tushmoqda, 1976 yil.
Сообщения из Facebook