Dunyo bo’yicha eng keng tarqalgan ismlar ro'yxati
Dunyo bo’yicha eng keng tarqalgan ismlar ro'yxati
Dunyoda turli-tuman xalqlar, millatlar va insonlar mavjud. Ularning ichida esa bir hil ism bilan ataluvchilari talaygina. Bizning bugungi maqolamiz sayyoramizdagi eng mashhur ismlar haqida.

Sofiya

So'nggi yillardagi eng mashhur ayol ismi Sofiya ekanligi ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Ular bu mashhurlik uchun hech qanday izoh berolmadilar - bunga hech qanday tashqi sabablar yo'q edi: na shunday nomga ega mashhur shaxslar, na kitoblar yoki filmlar qahramonlari ham paydo bo'lmadi. Shunga qaramay, odatda statistikani kuzatadigan dunyoning 25 mamlakatida Sofiya eng keng tarqalgan ism hisoblandi.

Ammo yaqin10-20 yil oldin, bu ism hatto eng mashhur ismlarning o'ntaligida ham mavjud bo’lmagan. 49 mamlakatda statistikani tahlil qilgan amerikalik sotsiologning so'zlariga ko'ra, tendensiya globallashuv bilan izohlanadi. Ushbu ism turli millat va madaniyat egalari tomonidan juda oson talaffuz etilishi ham uning mashhurligiga sabab bo'lishi mumkin.

Anna

Bu ism deyarli barcha tillarda va madaniyatlarda uchraydi. U deyarli o'z shaklini o'zgartirmaydi - faqat ozgina yangi elementlarni oladi, lekin har doim taniqli bo'lib qolgan (Enn, Xanna,Asya, Neta). An'anaviy hisob-kitoblarga ko'ra, dunyoda bu ism bilan ataladigan100 milliondan ziyod ayol va qiz yashaydi.

Muhammad

Bu musulmon insonlar orasida uchraydigan eng mashhur ismdir. Bugungi kunda Daniya, Angliya, Gollandiya va Belgiyada ham yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ko’pchiligiga ushbu ism berilmoqda. Hisob-kitoblarga qaraydigan bo’lsak dunyo bo’ylab taxminan 150 million kishi ushbu ism bilan atalgan. 

Emma

Yevropaning yirik davlatlarida va umuman ingliz tilida so'zlashadigan hududlarda eng mashhur ismlardan biri Emma sanaladi. Bu ismning biroz o’zgartirilgan variantlari bor: bu Amaliya, Emiliya, va Irma ismlaridir.

Aleksandr

Yunoncha "himoyachi" so’zidan kelib chiqqan holda, Aleksandr ismi juda keng tarqalgan ismlardan biridir. Ushbu ismning ayol versiyasi ham (Aleksandra) mashhurlikda erkaklarnikidan qolishmaydi. 

Djek

Djek ismi qadimgi ingliz “Djankin” ismining “davomchisi” desak adashmaymiz. Fransuzlar orasida ham yaqin o’rtada Djekka o’xshash “Jak” ismi keng ommalashdi.

Andrey

Andreas, Andre, Andy va Antti ismlari - bularning hammasi bitta Andrey ismidan kelib chiqqan. Ushbu dadil va jasur ma’nolarini anglatuvchi nom dunyodagi eng mashhur ismlarning yuqori qatorlarini hali beri tark etmasa kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook