просмотров
10. Vetnam urushi faxriylari memoriali
Vetnam urushi faxriylari memoriali Vashingtonda Linkoln memoriali yaqinida joylashgan bo'lib, AQSHning milliy yodgorligi hisoblanadi. Vetnam urushi paytida halok bo'lgan yoki bedarak ketgan Amerika askarlar xotirasiiga bag'ishlangan. U 3 qismdan iborat - Vetnam faxriylari Memoriali Devorlari, “Uch askar” haykali va Vetnam ayollari Memoriali.
Uni yaratish g'oyasi Vetnam urushining faxriysi Yan Skrugsga tegishli.
9. Saksayuaman
Saksayuaman 900-1200 yillar oralig’ida qurilgan tosh devorlar majmuasi bo’lib, Perudagi inklar imperiyasining sobiq poytaxti Kusko shahri yaqinada joylashgan.U uzunligi 400 m bo'lgan pog’onama-pog’ona qurilgan uchta megalitik devorlardan iborat. Bu devorning qurishida juda katta toshlar ishlatilgan, ularga ehtiyotkorlik bilan ishlov berilgan va hech qanday qorishmasiz bir-biriga mahkam yopishtirilgan. Ishlatilgan eng katta toshning balandligi 9 m, kengligi 5 m, qalinligi esa 4 m bo’lib, og'irligi 350 tonnani tashkil qiladi.
8. Buyuk Zimbabve
Buyuk Zimbabve - Janubiy Afrikaning Masvingo provinsiyasida joylashgan qadimgi tosh shahar xarobalaridir. Zimbabve Qirolligining sobiq poytaxti. Bu shaharga taxminan 1130 yillarda asos solingan va ikki-uch asr davomida mavjud bo'lgan. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri devorlari bo'lib, ularning ba'zilari balandligi besh metrdan oshadi va bular ham hechqanday eritma yoki qorishmasiz qurilgan.
7. Bobil devorlari
Bobil eng muhim qadimiy shaharlardan biridir. U zamonaviy Iroqning Bog'doddan 90 km janubida, Yefrat daryosi yaqinida joylashgan.
Bobilning asosiy to'rtburchak shaklidagi devori Imgur-Enlil devoridir. Ushbu istehkomning umumiy uzunligi 8015 m.ga teng. Uning kelib chiqishi miloddan avvalgi 575 yilga borib taqaladi hamda ulug'vorligi va arxitekturasi tufayli qadimgi dunyoning ajoyibotlaridan biri hisoblanadi.
6. Stonning shahar devorlari
Ston Xorvatiyadagi Peljesak yarim orolining janubiy qismida joylashgan shaharchadir. Asosiy diqqatga sazovor joyi - Ston devoridir. XV asrda qurilgan bu shahar ikki shaharni bog'lab turgan hamda, 5,5 km uzunlikka cho’zilgan. U Dubrovnik shahri uchun mudofaa inshooti sifatida qurilgan bo'lib, 40 ta minoradan va 5 ta qal'adan iborat edi. Bu Yevropadagi ikkinchi eng katta devor. 1979 va 1996 yildagi zilzilalar natijasida u jiddiyzarar ko'rdi. Bugungi kunda uning katta qismi qayta tiklandi.
5. Adrian vali
Adrian devori 117-138 yillarda imperator Adrian davrida qurilgan Britaniyadagi kuchli istehkomdir. Rim legionerlari bu devorni Buyuk Britaniya bo'ylab Karlisl-Nyukasl chizig'i bo'ylab, imperator Adrianning buyrug'i bilan piktlar va brigantlarning hujumlaridan saqlanish maqsadida barpo qilganlar. Adrian devorining umumiy uzunligi taxminan 117 kilometr, kengligi -2,5-3 metr, balandligi - 3 metrgacha boradi. Uning ko'p qismi bizning davrimizga qadar saqlanib qolingan.
4. Troya devorlari
Troya - Turkiyaning shimoli-g'arbiy qismida zamonaviy hududda joylashgan qadimiy shahar. Uning devorlari bugungi kungacha saqlanib qolingan eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Ular afsonaviy shaharni himoya qilish uchun miloddan avvalgi 13-asrda qurilgan. Devorlarning balandligi 5 m, eni 4 m ga yetadi. Aynan mana shu devor Troyaning 10 yillik qamali davrida himoya vazifasini bajargan.
3. Berlin devori
Berlin devori Sovet Ittifoqi rahbariyatining buyrug'i bilan SSSR va AQSh o'rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi davrida qurilgan bo’lib, uzunligi taxminan 156 km tashkil etadi. 1961 yil 13-avgustdan 1989 yil 9-noyabrgacha devor G'arbiy Berlin bilan Sharqiy Berlinni bi-biridan ajratib turgan. Sovuq urush hamda Germaniya bo'linishining eng mashhur belgilaridan biri hisoblanadi.
2. Fig’on devori
Fig’on devori (uzunligi 485 m) miloddan avvalgi 70-yilda Buyuk yahudiylarning qo'zg'oloni natijasida rimliklar tomonidan vayron qilingan Quddusdagi Ikkinchi ibodatxonaning qadimgi devorining bir qismidir.
Fig’on devori – bu saqlanib qolingan yagona qurilmadir. U yahudiylikning eng buyuk ziyoratgohi sanaladi. Bir necha asrlar davomida bu devor ko'plab yahudiy avlodlari e’toqodining ramzi, ziyorat va ibodat qilish joyi bo'lib kelgan.
1. Buyuk Xitoy devori
Buyuk Xitoy devori - Xitoyning shimoliy qismidagi bir qator mudofaa istehkomlari bo’lib, Xitoy imperiyasining chegaralarini turli ko'chmanchi qabilalarning hujumlaridan himoya qilish maqsadida qurilgan.Devorning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi VII asrda barpo qilingan. Keyinchalik, yangi bo'limlar qurilishi XVI asrga qadar davom etgan.
Uning umumiy uzunligi 21 196 km. Bugungi kunga qadar u asosan Ming sulolasining toshdan himoya qiluvchi devori shaklida saqlanib qolingan (XVII asr). Bu insoniyat tarixidagi eng ta'sirli me'moriy yutuqlardan biri hisoblanadi.
Сообщения из Facebook