просмотров
Anita (“Vestsayd hikoyasi”)
Emiliya Klarkning otasi teatrda ovoz rejissyori boʻlib ishlardi, shu sababli qizini juda koʻp bor ishiga olib ketardi. Emiliya uch yoshlik paytlarida “Suzuvchi teatr” myuziklini tomosha qiladi va oʻzida mazkur sohaga nisbatan muhabbat bor ekanligini tushunib yetadi.
Qiz 10 yoshlik paytlari spektaklda rol ijro etish uchun kastingga bordi, biroq unga aktyorlik mahorati kurslariga qatnash kerakligini aytishdi. Klark Oksforddagi Avliyo Eduard maktabiga kirdi va 2004 yilda teatrdagi birinchi rolini qoʻlga kiritdi. U “Vestsayd hikoyasi” spektaklidagi Anita rolini ijro qilgandi.
Viola (“Oʻn ikkinchi kecha”)
Maktabda tahsil olish bilan birga Emiliya oʻzining aktyorlik mahoratini ham rivojlantirib bordi. Uning harakatlari samarasi oʻlaroq rejissyorlar yosh aktrisada oʻzgacha qobiliyat bor ekanligini sezdilar. Tez orada Emiliya Uilyam Shekspirning “Oʻn ikkinchi kecha” pyesasidagi asar bosh qahramoni - Viola rolini ijro qildi.
Rozenkrants (“Gamlet”)
Klark oʻzining aktyorlikmahoratini yanada oshirish uchun London dramatik markaziga oʻqishga kirdi. Ushbu yillar davomida Shekspirning yana bir mashhur asari “Gamlet”da rol ijro etdi.
Beata (“Tuygʻu”)
2009 yilda The Company of Angels Theatre nosavdo tashkiloti Dramatik markaz bilan hamkorlikda Ani Xilling qalamiga mansub “Tuygʻu” pyesasini sahnalashtirishga qaror qildi. Unda rol ijro qilish uchun 10 nafar talaba, jumladan Emiliya ham tanlab olindi.
Juli (Drop the Dog)
Aktrisaning kino sohasidagi birinchi roli - “Drop the Dog”talabalar filmidagi Juli obrazi edi. Film atigi 3 daqiqa davom etgan. Ammo asar davomida Emiliya afsuslanish, azob, hafsalasizlik, gʻazab va alam tuygʻularini juda yaxshi koʻrsatib bera olgan.
Liza (Samaritans reklamasi)
Tahsilni tamomlagach, yosh aktrisa Samaritans hayriya tashkilotiga qarashli bir nechta reklama roliklarida suratga tushdi. Emiliya ishtirokidagi reklama roliklariga “Liza hikoyasi”deya nom berilgan.
Saskiya Mayer (“Shifokorlar”)
Aktrisaning birinchi televizion roli 2009 yilda ijro etilgan boʻlib, u “Shifokorlar” serialida epizodik rolni qoʻlga kiritdi. Emiliya bu yerda talaba qiz rolini ijro etadi.
Savanna (“Trias davri hujumi”)
“Trias davri hujumi”- ilmiy fantastik film edi. Emiliya buyerda bosh qahramonlarning qizi boʻlmish Savanna rolini ijro etadi. U aktrisaning kino sohasidagi birinchi jiddiy roli edi. Tanqidchilar uning roliga yuksak baho berib, aktrisani “Britaniyaning kelajak yulduzlari”dan biri sifatida eʼtirof etgandilar.
Сообщения из Facebook