просмотров
Qachonlardir hatto Pushkin ham Ermitajga kira olmagan.
Ermitaj Buyuk Ekaretinaning shaxsiy kollektsiyasi sifatida paydo bo'ldi: imperator ayol 183 ming talerga 317 qimmatbaho rasm to'plamini sotib oldi. Polotnolar saroyning alohida xonalariga joylashtirilgan, shundan ham fransuzchadan “ermitaj” so’zi yolg’iz, alohida makon nomini bildiradi. Ushbu saroydagi jamlanma asta-sekin yangi nusxalar bilan to'ldirilgan,ammo har bir kishi ham zallarga tashrif buyurolmagan. Hatto , Aleksandr Pushkin kollektsiyani faqatgina Vasiliy Jukovskiyning talablaridan so'nggina ko'rishga muvaffaq bo'ldi.
Ermitaj 1852 yilda Nikolay I tomonidan mehmonlar uchun ochilgan va 1880 yilga kelib muzeyga 50 ming kishi tashrif buyurgan. Imperator muzey atrofida yolg’iz aylanib yurishni juda yaxshi ko'rar edi: o'sha vaziyatda unga ichki masalalarda turli savollar bilan murojat qilish mumkin bo’lmagan.
Mushuklar Ermitajda ishlaydi
Birinchi marta mushuklar Elizabetta Petrovna qishki saroyida paydo bo'lgan: imperator ayol mushuklarni saroyga olib kelish tog’risidagi farmonini saroyda kalamushlar paydo bo'la boshlaganidan va ular san’at asarlarini nobud qilishni boshlaganlaridan so'ng chiqarganlar. Shundan so’ng esa ushbu jonivorlarni san’at asarlari soqchilari degan unvon bilan siyladi.
Bugungi kunda muzeyda taxminan 70 ta mushuk yashaydi va ular ko'pincha "erkin xodimlar" deb nomlanadi. Mushuklar o’zlarining pasportlariga ham ega va ular ko'rgazma zallaridan tashqari hamma joyda erkin yurishlari mumkin. Mushuklar muzeyning haqiqiy afsonasi bo'lib, ularga sovg'alar yuborishadi , ular haqida filmlar tayyorlangan (Ermitaj ishchilari hazilida aytilganidek , Rembrandtdan ham ko’proq ular haqida) va maqolalar yozilgan. Muzeyga nabirasi bilan birga tashrif buyurgana merikalik Meri En Ellin hatto Ermitaj mushuklariga bag'ishlangan bolalar uchun kitob yozgan.
Ermitajda taniqli bo’lmagan asarlar mavjud
Ermitaj ko'pincha xalqqa oldindan noma'lum rassomlar asarlarini taqdim etadi. Ba’zida ular shu qadar noma'lumki, hatto muzey xodimlarning o'zlari muzey devorlarida borligi haqida bilishmay qolishadi.
1960-yilda Niderlandiya rassomining asarini Gollandiyalik san’atshunos tasodifan topib oladi.
Muzey hodimlari san’atshunosni orqa xonada choy ichishga taklif qilishadi va ular shkafning orqasida bargni ko’rib qoladilar. Bu topilma , Hendrik Goltzius tomonidan yaratilgan "Vakx, Serera, Venera va Kupidon" asari edi. Asar 1772 yilda Ekaterina II tomonidan sotib olingan. Rasmni qayta tiklash uchunyuborildi , undan keyin ko'rgazmada o'z o'rnini egalladi. Ushbu voqeadan so’ng esa Ermitaj hodimlari yana yangi asarlarni topib qolish umidi bilan saroyning har bir burchaklarini diqqat bilan ko’zdan kechirib yuradilar.
Yigirmanchi asrning boshlarida Ermitajda avtomobillar ko’rgazmasi ham mavjud edi.
Nikolay II avtomobillar kolleksiyasi bilan shug’ullanar edi. 1905 yilda u birinchi avtomobilni sotib oldi, olti yildan so'ng esa taxminan 50 ta marka yig’ishga erishdi. Aynan shu uchun Qishki saroy va kichik Ermitaj o’rtasiga maxsus garaj qurildi. "Mercedes" , "Delaunay-Belleville ", "Rolls-Royce", "Brasier" , "Peugeot" , "Renault" va "Russo-Balt" va "Lessner" rusumli avtomobillar bor edi. Garajda mashinalar uchun kerak bo'lgan hamma narsalar bor edi: avtomobil yuvish, yoqilg'i quyish stantsiyasi va hatto bug'li isitish tizimi (korroziyani oldini olish uchun) mavjud bo’lgan. Afsuski, bolsheviklar ham mashinalarni yaxshi ko'radilar va 1917-yilda Ermitajni talon-taroj qilganida, Nikolayning butun to'plami izsiz yo'q bo'lib ketdi.
Ermitajda ruhlar ko'rindi
Ermitaj, uning ruhi va qayta tiklangan eksponatlari haqidagi sirli hikoyalar Sankt-Peterburg mifologiyasining alohida qatlami bo'lib, u alohida hikoyaga loyiqdir. Lekin ularning eng mashhurlari - Pyotr I ning afsonasi. Aytishlaricha imperatorning mumi turib mehmonlarga ta’zim qilgan va eshikka ishora qilgan ekan. Ushbu mum qog’irchoqda mentorlar mavjud bo’lib, u kresloga o’tirishga va oyoqlari o’sib chiqishiga ko’mak beradi.
Lekin qo’rqinchliroq hikoyalar ham bor: misol uchun, Misr xudosi Sehmet sher boshi bilan. Uning bu haykali qadimgi Misr zali joylashgan. Afsonalarga ko'ra, urush va jazirama quyosh Xudosi Sexmet juda qonxo'r. Ba'zida oy to’lgan kechada haykalning tizzalariga qon quyilib qolar, keyinchalik esa yo’qolar ekan.
Ermitajning barcha eksponatlarini ko'rib chiqish uchun 11 yil kerak bo’ladi.
Ermitaj nafaqat Rossiyaning balki butun dunyoning eng mashhur muzeylaridan biridir. Yiliga muzeyga 5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi va eksponatlar soni uch milliondan oshib ketdi. To'plamlar beshta binoda joylashgan, eksponatlarning oldidan o’tib ketishning o’ziga hech bo’lmaganda 24 kilometr kechish kerak bo’ladi . Agar har bir san'at asari oldida kamida bir daqiqa tursangiz, u holda bu jarayon 11 yilga cho’ziladi . Shunday qilib siz kuniga 8-10 soat muzeyda sayr qilishingizga to’g’ri keladi.
Сообщения из Facebook