просмотров
Niniveya
Yozma manbalarning ilk to’plovchilaridan biri eramizdan avvalgi VII asrda yashab o’tgan assiriyalik podshoh Ashshurbanipal bo’ldi. U Niniveyada 20 mingta kitob saqlanadigan katta kutubxona qurdirgan. Bu kitoblar qadimgi dunyoning madaniyati va ilmiy merosi haqida hikoya qilar edi. O’sha davr kitoblari maxsus loydan tayyorlanar edi. Bunday kitoblar olovda yonmas, suvga ham bardoshli edi. Unga sichqon va kalamushlar ham xavf sololmas edi. Ammo kitoblarning boshqa xavfliroq dushmanlari bor ekan – bu jaholat namoyondalari va ma’rifatning dushmanlari bo’lgan odamlar edi. Eramizdan avvalgi 612 yilda Niniveya vavilonliklar tomonidan bosib olinganda, birinchi navbatda podshoni bir yoqlik qilib, so’ngra kitoblarni sindirib, yo’q qilishga kirishdilar. XIX asrda arxeologlar qazilmalar davomida avvalgi kutubxona o’rnida o’sha kitoblarning saqlanib qolingan bo’laklariga duch keldilar. Hozirda bu bo’laklar Britaniya muzeyida saqlanmoqda.
Pergam
Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan Pergam davlatida eramizdan avvalgi II asrda pergamentni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shu sababli kitoblar ham bugungi kun kitoblarining ko’rinishini olgan edi.
200 ming qo’lyozma va manuskriptlar saqlangan Pergam kutunxonasining dovrug’u butun olamga yoyildi. Pergam rimliklar tomonidan bosib olingandan keyin Yuliy Sezarning tarafdorlaridan biri – sarkarda Mark Antoniy kutubxonaning deyarli barcha kitoblarini Kleopatraga Iskandariya kutubxonasi uchun tortiq qilib yubordi.
Iskandariya
Antik davrning ikkita eng kuchli kutubxonalarning qo’shilishi natijasida Iskandariya kutubxonasidagi kitoblarning soni 700 mingtaga yetdi. Ushbu kutubxona javonida noyob Misr papiruslari, Sharq yozuvlari, Platon qo’lyozmalari, shuningdek Aristofan, Gomer va boshqa buyuk adiblarning asarlari saqlanar edi.
Ushbu kutubxona Misrning bosh ilmiy va o’quv markazi ham hisoblangan. Aynan shu yerda Arximed suv nasosoni kashf qilgan, Eratosfen Yer diametrini o’lchagan, Evklid antik davr matematikasiga oid kitob yozgan, Klavdiy Ptolomey astronomiyaga doir entsiklopediyasini tuzgan.
Biroq antik davrning xazinasi bo’lgan bu kutubxona ham yo’q qilindi.
Avvaliga 391 yilda Rim imperatori Feodosiy Olimpiya o’yinlarini ta’qiqlash bilan birga kutubxonani “sahayton ibodatxonasi” deya hisoblab, uni vayron qilishni buyurgan. Pergam kutubxonasini, Aflotun va boshqa faylasuflarning shaxsiy kutubxonasini o’z ichiga olgan Iskandariya kutubxonasi butunlay yo’q bo’lib ketdi.
Samarqand
O’z davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan o’ljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.
Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga bo’lindi: Hirotni sarkardaning o’g’li Shohruh boshqargan bo’lsa, Movaraunnaxrga Shohruhning o’g’li Ulugbek hukmronlik qildi. Ulug’bekka bobosidan kutubxona ham meros bo’lib qoldi.
Ulug’bek o’rta asr davrining ma’rifatli hukmdorlaridan biri edi. U o’z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yig’gan edi. Katta davlatning hukdori bo’lishiga qaramasdan Ulug’bek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bag’ishlar va ko’p vaqtini o’zi qurdirgan observatoriyada o’tkazar edi.
Otasining o’limidan keyin Ulig’bek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori bo’ldi. Uning ilm bilan shug’ullanishi ko’pchilikka yoqmas edi. Ulug’bekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning o’g’lini ham o’z tomonlariga og’dirib oldilar.
Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulug’bek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Observatoriya yo’q qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday bo’lmasin
saqlab qolish kerak edi. Olim o’z fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yo’li borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlog’idan bo’lgan, shu qishloq yaqinida tog’da ko’plab g’orlar borligini va o’sha yerda kitoblarniyaxshilab berkitib qo’yish mumkinligi ham qo’shin o’tdi. Ulug’bek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.
Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ulug’bek hiyonatkorona o’ldirildi, uning observatoriyasi vayron qilindi. Ustozining o’limidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga o’tib ketdi. Aytishlaricha, u o’zi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yo’qoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbog’i bo’lib qolmoqda.
Сообщения из Facebook