просмотров
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, quyida nomi keltiriladigan mahsulotlar zararli emas, aksincha sog’lom turmush tarzini olib boruvchilarning sevimli mahsuloti hisoblanadi, ammo ularni me’yoridan ortiq iste’mol qilish immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Dengiz mahsulotlari
Bir qarashda judayam foydali mahsulot – oqsil va vitaminga boy, oson hazm bo’ladi. Ammo ikkinchi tarafdan qaraganda, baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining oqsili kuchli allergen hisoblanadi. Bu allergiya jismonan ko’rinmasligi, ammo inson immunetiga zararli ta’sir ko'rsatishi mumkin. Diyetologlar, bu mahsulotlarni haftada 1-2 marta iste’mol qilishni tavsiya etadilar, dengiz bo’yida tug’ilib, uni yoshliklaridan iste’mol qilib kelganlarda esa allergiya kuzatilmaydi.
Qahva
Bu ichimlik borasida turli baxs va munozaralar talaygina. Kimdir uni salomatlik uchun foydali desa, yana kimdir uni iste’moldan chiqarish kerak, deydi. Aslida qahva tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo’lish bilan birga uning haddan ortiq iste’mol qilinishi immunitetga negativ ta’sir ko’rsatishi mumkin. Kuniga 1-3 finjon qahva ichish me’yor hisoblanadi.
Pishloq
Ba’zi pishloqlarning tarkibida bakteriyalar mavjud bo’lib, ular inson immunitetiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, xususan nerv tizimi, limfa to’qimalarini zararlovchi infektsion kasalliklarni keltirib chiqarish mumkin. Sog’lom odam organizmidagi oshqozon shirasi bu va boshqa virus va bakteriyalarni yo’q qilib yubora oladi, ammo oshqozon bilan bog’liq kichkina muammoingiz bo’lsa ham, pishloq iste’mol qilishdan saqlanganingiz ma’qul.
Shirinliklar
Shakarni shirin zahar, deb atashadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, shirinlikka o’ch insonlar tez-tez shamollashga moyil bo’ladilar. Chunki shakar organizmga tushib, oq qon tanachalariga zararli ta’sir ko’rsatadi va immunitetni ishdan chiqaradi.
Xom tuxum
Ko’pchilik xom tuxumni iste’mol qilish foydali, deb hisoblaydi. Ammo u ham immunitet uchun xavfli mahsulotlar qatoriga kiradi. Xom tuxumni doimiy ravishda qabul qiladigan odamning oshqozoni modda almashinuvi uchun mas’ul bo’lgan biotin moddasini ishlab chiqarishdan to’xtaydi. Biotin tanqisligi sog’liqqa salbiy ta’sir qiladi: immunitet pasayadi, qonning energetik funktsiyasi susayadi.
Immunitet mustahkam bo’lishi uchun sog’lom turmush tarzini olib borish, to’g’ri ovqatlanish va shifokor ko’rigidan o’tib turish lozim. Ovqatdan oladigan mikro va makro elementlar salomatligimizning poydevori hisoblanadi, biroq ular me’yorida bo’lishini unutmasligimiz lozim.
Сообщения из Facebook