просмотров
MASLAHATGO'Y
Ikki do'stning suhbatidan:
— Uch kundan beri ko'zim og'riyapti. Nima qilsam ekan-a?
— O'tgan yili mening tishim og'riganda, sug'urib tashlagandim.
***
KUCH YIG'ISH UCHUN DORI
— Do'xtir, bu dorilarni menga kuch yig'ishim uchun yozib berganmidingiz?
— Nima bo'ldi?
— Qopqog'ini ocha olmayapman.
TUSH
Uyqudan uyg'ongach, askar sherigiga dedi:
— Tushimda 20 nafar dushman askarlari asirga olish niyatida orqamdan quvganmish.
— Darrov uyg'onib ketmadingmi?
— Iye, qo'rqdi deb o'ylashsinmi?
JASUR ASKAR
— Jasur askar ehtiyotkor askardan nimasi bilan farqlanadi?
— Jasur askar komandirning kamchiliklarini yuziga aytadi.
— Ehtiyotkor askar-chi?
— U ham aytadi. Faqat... Telefon orqali.
QARZ
Bola bobosiga dedi:
— Bobo, pensiyangizdan menga o'n ming so'm qarz berib turing! Pensiyaga chiqqanimda qaytaraman.
XOTINIMGA O'XSHAYDIGAN SHER
— Kechirasiz, bu sherning odamxo'r ekanini qanday payqadingiz?
— Ko'z qarashlari xotinimnikiga o'xsharkan.
HAYDOVCHI MUALLIMA
Mashina haydab ketayotgan ayolni militsioner to'xtatib so'radi:
— Siz mashinada ketayapsiz. Men qo'limni ko'tardim. Bu nimani anglatadi? Bilasizmi?
— Nega bilmas ekanman? O'ttiz yildan beri maktabda o'qituvchilik qilaman, axir!
DUGONALAR
* * *
O'n yashar qizcha dugonasiga dedi:
— Bolaligim juda qiyin o'tgan... Besh yoshimgacha ismim "Ovozingni o'chir" bo'lsa kerak deb o'ylaganman.
TILAK
* * *
Amalparast dengiz bo'yida o'tirib quyoshda toblanardi. Qirg'oqqa kelib qolgan oltin baliqni ko'rib qolib uni tutib oldi va dedi:
— Qani, oltin baliq, menga uchta tilak o'ylab top!
* * *
— Azizim, keling, to'yimizni yangi yilda o'tkaza qolaylik!
— Qo'y, shunday bayramni buzmaylik!
* * *
— Xotinjon, nega kotletlarni har xil hajmda pishirding?
— O'zingiz «Xilma-xillikni yaxshi ko'raman»degandingiz-ku!
* * *
Qariya tengdoshiga hasratini to'kib solayapti:
— Men bir urushni ko'rdim, uch marta avtohalokatga yo'liqdim, bir marta men o'tirgan samolyot іulab tushdi, ikki marta xotinga yolchimadim, tijorat bilan shug'ullanib inqirozga uchradim. Tunov kuni bo'lsa, nevaram menga:«Bobo, siz hayotni tushunmaysiz» deydi-ya!
* * *
— Dada, menga do'mbira olib bering!
— Nima, endi do'mbiraning shovqini yetmay turgandi menga.
— Yo'q, men do'mbirani faqat uxlaganingizda chalaman.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Mana shu sho'rvangni yuz litr pishirsang ham rozi edim!
— Voy, sizga yoqib qoldimi?
— Yo'q, shunda sho'rligi bilinmay ketardi.
* * *
Kampir choliga dedi:
— Jim o'tiraverasizmi? O'tgan-ketganlardan gapirib o'tirsangiz bo'ladi-ku!
— E, senga gapirib maza toparmidi odam. Baribir qulog'ing kar bo'lsa...
— Iye, qiziq voqea ekan. Qani, ayting-chi, keyin nima bo'ldi?
KAMBAG'ALLIK AYB EMAS
Yangi o'zbek Shveytsariya bankiga bordi-da, xodimalardan biriga dedi:
— Men bankingizga pul qo'ymoqchi edim.
— Qancha?
Yangi o'zbek xodimaning qulog'iga shivirladi:
— Uch million dollar.
Xodima:
— Balandroq ovozda gapiravering! Bizda kambag'allik ayb hisoblanmaydi.
SHAFQATSIZ HAKAM
Sher o'rmonda hayvonlar o'rtasida yugurish bo'yicha musobaqa tashkil etdi. Shubhasiz, quyon hammadan o'zib ketdi. Bir payt hayvonlar finishga kelishsa, quyon yo'q. Yerda bir nechta suyaklar sochilib yotibdi. Sherdan so'rashdi:
— Quyon qani?
— U yaramas doping tekshiruvidan o'ta olmadi. Shu sababli uni bir umrga musobaqalardan chetlatdim.
ANTIQA SPORTCHI
Parashyutdan sakrash bo'yicha musobaqada g'olib bo'lgan sportchidan murabbiysi so'radi:
— Nega taqdirlash marosimida yuqoridagi supada emas, pastdagisida turding?
— Ustoz, bilasiz-ku, men balandlikdan qo'rqaman!
SIZ MENING DADAMNI BILMAYSIZ...
— Toshmatvoy, dadang qancha maosh oladi?
— Ikki yuz ming so'm.
— Uyga qanchasini olib keladi?
— Sakson ming.
— Nima balo, matematikani bilmaysanmi?
— Yo'q, siz mening dadamni bilmaysiz.
INSOF
— Ayt-chi, oshna, sen o'zingni insofli odam deb hisoblaysanmi?
— Ha.
— Agar ko'chada ketayotib million so'm pul topib olsang, egasiga qaytararmiding?
— Ha, agar o'sha pullar kambag'al odamga tegishli bo'lsa.
QIRQOYOQ
Piyodani «Mersedes» urib ketdi va oyog'i sindi. Sudda u haydovchi yuz ming dollar tovon puli to'lashini talab qildi. Haydovchi:
— Nima, siz meni millioner deb o'ylayapsizmi?
— Siz-chi? Meni qirqoyoq deb o'ylayapsizmi?
ZO'RDAN ZO'R CHIQQANDA...
Harbiy qismga komandir etib tayinlangan polkovnik saf tortgan askarlar bilan tanishayapti. U o'zini mehribon, erkinlik tarafdori qilib ko'rsatish maqsadida askarlardan biriga yaqin kelib dedi:
— Boshingni baland ko'tar! Istasang, men bilan qo'l berib so'rashishing hammumkin. Keyin otangga borib shaxsan polkovnik bilan qo'l berib ko'rishganingni aytib maqtanasan. Otang ham bunday sharafga muyassar bo'lganingdan xursand bo'lsa kerak...Aytgancha, otang kim o'zi?
— General.
TERGOV
Yovvoyi cho'chqani o'rmon tergovchisi etib tayinlashdi. U bir kuni Tulkini kabinetga olib kirib so'roq qila boshladi:
— Ustingdagi kimning yungi?
— O'zimniki.
— Yo'q, o'g'irlagansan, o'g'irlagansan!
Tulki turmaga jo'natildi. Zerikib o'tirsa, kameraga g'oz kirib keldi.
— G'oz, seni nima uchun qamashdi?
— E, yovvoyi cho'chqa: «Har yili qaysi daromad evaziga janubga uchasan?» deyaverib bezor qildi.
ASHULACHI
Ayol dugonasiga maqtanayapti:
— Ishonasanmi, kecha uyda o'tirib ashula aytgandim. Shu qadar yaxshi aytibmanki, kimdir tashqaridan turib ovozimni yaxshiroq eshitish uchun bo'lsa kerak, tosh bilan derazamizni urib sindirdi.
Yangi yilga munosabat
Bola: «Ura! Yaqinda Yangi yil!
O'rta yosh: «Yaqinda Yangi yil ekan-da!»
Keksa: «Tag'in yangi yilmi?
QO'SHNILAR
Ikki ayol suhbatidan:
— Yo'q, mening Ravshanbegim kechasi yig'lamaydi. Yig'lashni boshlashi bilan alla aytaman.
— Men ham ilgari shunday qilgandim. Lekin qo'shnilar: «Qo'y, Oynisa, undan ko'ra bolang yig'lay qolsin!» deyishgan.
TUG'ILGAN KUN
— Dadasi, tug'ilgan kuningizga nima sovg'a qilay?
— Xotin, iltimos, tug'ilgan kunimda kar-soqov rolini o'ynab bergin!
CHUKCHANING FALSAFASI
Ikki nafar chukcha avtobus haydovchisidan so'radi:
— Uch kishini olib ketasanmi?
— Sizlar ikki kishi-ku!
— Nima, o'zing biz bilan bormaysanmi?
QUVONCH
Olmaning ichidan yerga uchib tushayotgan qurt baland ovozda qichqirdi:
— Ura, men ham ucha olarkanman!
BOLACHA TASAVVUR
Bola kichik singlisiga maqtanyapti:
— Qara, men taqa topib oldim. Buni nimaligini bilasanmi o'zi?
— Voy, bechora ot endi qayerdadir yalangoyoq yurgan bo'lsa-ya?..
«XUSHOMAD»
Xotin taroziga chiqdi-yu, er unga razm solib turib kuldi.
— Mana shu vazningga mos kelishi uchun bo'ying qancha bo'lishini bilasanmi?
— Qancha bo'lishi kerak?
— Besh yarim metr.
Сообщения из Facebook