Ichki qo‘rquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani ko‘rdingiz?
Ichki qo‘rquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani ko‘rdingiz?
Oramizdagi har bitta insonda turli fobiya hamda ichki qo‘rquvlar mavjud. Buni o‘zingiz ham anglamagan holatda bo‘lishingiz mumkin, ushbu hayotda nimadandir qattiq qo‘rqish uning qarshisida qo‘rquv mavjud emasligini bilan o‘lchanmaydi. Odatda bunday qo‘rquv ong ostiga chuqur joylashgan bo‘ladi. Biz hayot davomida qanday ichki qo‘rquvlar yashashimizga halal berayotganini yaxshi tushunamiz. Kimdir omadsizlikdan, kimdir qorong‘ulikdan, kimdir esa ilonlaru o‘rgimchaklardan qo‘rqadi.

Ayrimlarni yolg‘izlik, ayrimlarni qarilik, boshqalarni kasalligu o‘lim tushunchasi qo‘rquvga soladi. Ushbu qo‘rquvlardan halos bo‘lish juda qiyin ish. Sizning ongingiz ostiga joylashgan qo‘rquv nimaga nisbatan shakllangan ekanligini quyidagi vizual test aniqlab beradi.

Suratga nazar tashlang va unda birinchi bo‘lib nimani ko‘rganingizni belgilang:

•       Olma

•       Kapalak

•       Pichoq

•       Qurt

Olma

O‘limdan juda qattiq qo‘rqasiz. Balki hayot bilan vidolashish o‘zingiz uchun qo‘rqinchli emasdir, ammo yaqinlaringiz hamda oila a’zolaringizni yo‘qotish ehtimoli sizni dahshatga soladi. Ayrim insonlar bolalik vaqtlarida o‘zlarining yaqinlarini yo‘qotib qo‘yadigan bo‘lsalar, butun umr ushbu kemtikni to‘ldira olmay yashaydilar. 

Maslahat: Hayotingiz hamda miyangizni tushkunlik kayfiyati bilan to‘ldirmang. Taqdir izmini hech kim o‘zgartira olmaydi. Ammo, o‘zgartirib bo‘lmaydigan tabiat qonuni qarshisidagi qo‘rquv tufayli butun umrni havoga sovurish mumkin.

Kapalak

Sizning eng katta qo‘rquvingiz - o‘z ichingizda. Hayotda o‘ta sodiq, ishonchli va mehribon insonga aylanishingiz mumkin, ammo sizni aldashlaridan qattiq qo‘rqasiz. Zero, bunday holat hayotingizda avval ham sodir bo‘lgan. Shu tariqa insonlarga bo‘lgan ishonchingiz yo‘qolgan. Ularga nisbatan bo‘lgan qo‘rquv hissi insonlar bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishingizga ham halal beradi.

Maslahat: Qo‘rquvning ko‘ziga tik qarang. Jasoratli bo‘lsangiz, muammolar ham o‘z-o‘zidan ham bo‘ladi.

Pichoq

Siz hayotda eng ko‘p kasalliklardan qattiq qo‘rasiz. Shu sababli salomatligingizga e’tibor qaratasiz, o‘zingizni asrab-avaylashga harakat qilasiz. Ammo,  ehtimoliy  hastalik haqidagi hayollar umringizni zavol qilmasligi kerak. Yo‘qsa, bu ruhiy holatingizga katta zarar yetkazib qo‘yadi.

Maslahat: Yomon hayollardan uzoqroq bo‘ling, ular inson organizmiga ayrim kasalliklaru viruslardan kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.

 

Qurt

Suratda birinchi bo‘lib qurtni ko‘rish - arvohlardan qattiq qo‘rqishga ishora qiladi. Bu qo‘rquv bolaligingizdagi hotiralar bilan bevosita bog‘liq. Sizni nafaqat ruhlar, balki qorong‘ulik ham dahshatga soladi.

Maslahat: Ruhiy jihatdan ham ulg‘ayishingiz kerak. Aslida bu qo‘rquv faqatgina miyangizda. Unga asir bo‘lishni bas qiling.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook