просмотров
Miyaning og’irligi tana og’irligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi.
Tez yurganda eshitish qobiliyati vaqtinchalik pasayadi.
Inson umri mobaynida ishlab chiqaradigan so’lak bilan ikkita katta basseynni to’ldirish mumkin.
Insonning ichki a’zolari orasida eng og’iri – jigar (taxminan 1,5 killogramm).
Inson organizmida o’rta kattalikdagi kuchukning barcha burgalarini o’ldirishga yetadigan oltingugurt, 900 dona qalam yasash mumkin bo’lgan uglerod, o’yinchoq zambarakdan otish uchun yetarli kaliy, 7ta sovun tayyorlashga yetadigan yog va 50 litrli idishni to’ldirish mumkin bo’lgan miqdorda suv mavjud.
Ushbu jumlani o’qiyotganingizda tanangizdagi 50000 ta to’qima halok bo’lib, qayta tiklanadi.
Charlz Osborn ismli kishini 6 yil davomida to’xtovsiz hiqichoq tutgan.
Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100000 kilometrni tashkil qiladi.
Odam organizmida 700 ga yaqin fermentlar ishlaydi.
O’naqay insonlar chapaqaylarga nisbatan o’rtacha 10 yil uzoq umr ko’radilar.
Tanadagi qon aylanmaydigan a’zo ko’zning muguz pardasidir. U kislorodni havodan oladi.
Inson miyasi 4 terabaytdan ortiq.
Bola olti oygacha bir vaqtda nafas olishi va yutinishi mumkin.
Bosh suyak 29 hil suyaklardan tashkil topgan.
Aksirganda organizmdagi barcha a’zolar, hatto yurak ham to’xtab turadi.
Miyaning asab qismi soatiga 274 km tezlikda harakatlanish mumkin.
Ayollar yuragi erkaklar yuragiga nisbatan tezroq uradi.
Inson ko’rgan tushining 90 foizini unutib yuboradi.
Qizarayotgan vaqtingizda oshqozoningiz ham qizaradi.
Ayollar erkaklarga nisbatan ikki barobar ko’p kiprik qoqadilar.
Jami ichak bakteriyalari yig’ilsa qaxvaning finjoniga jo bo’lishi mumkin.
20-40 yoshdagi erkaklar yuragining og’irligi 300 gramm, ayollarniki esa 270 gramga teng.
Bioximiklarning ta’kidlashicha, inson qonidagi plazma va dengiz suvi tarkibi bir-biriga juda o’xshash.
Inson organizmidagi eng serharakat organ yurakdir. U sutkasiga 100 000 marta urib, 350 litr qonni haydaydi.
Erkaklar ayollarga nisbatan 5 marta kam yig’laydilar va shu bois ham o’rta hisobda ayollardan 7 yil kam umr ko’radilar.
Сообщения из Facebook