просмотров
Bugungi kunning eng yosh qiroli
Qirollik va podsholik nufuzi bugungi kunga qadar saqlanib qolganidan xabardorsiz. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, bu yerdagi hokimiyat hamon avloddan avlodga o‘tib keladi. Ba’zan qirollar taxtga juda erta chiqishga majbur bo‘ladilar. Ugandaning Toro qirolligini boshqarib kelayotgan va bugungi kunning eng yosh qiroli hisoblangan Oyo aynan shunday insonlardan biridir.
Ayni vaqtda uning yoshi 22 da. Bu vaqtga kelib qirol Oyo hokimiyatning qonun-qoidalarini yaxshigina tushunib olgan. U taxtga chiqqan vaqtlari 3 yoshda edi. Mitti qirol uchun juda kichik taxt yasalgan, qirol ulg‘aygani sayin taxt o‘lchamlarini ham o‘zgartirib boraverganlar. Qirol uchun marosimlar qoidasi ham o‘zgartirilgan. Qasamyodlar vaqtida unga o‘yinchoqlarga ovunib o‘tirishga ruxsat berilgan. Avvaliga hukumat ishlari vazirlar hamda ona qirolicha qo‘lida bo‘lgan. Keyinchalik Oyo ulg‘ayib, Menejment va biznes sohasida tahsil oldi, o‘zining qirollik majburiyatlarini to‘laqonli ravishda bajarishga ham kirishdi.
Bugungi kunda uning fuqarolari qirolga juda yaxshi ta’rif beradilar: u soliqlar borasida o‘ta adolatli, gumanitar-ijtimoiy loyihalar uchun katta pul ajratadi, sog‘liqni saqlash masalasi haqida qayg‘uradi va mamlakat odamlarining hayotini yaxshilash uchun tinmay kurashadi.
Tarixdagi eng yosh qirollar
Tarixdagi eng yosh hukmdorlardan biri fir’avn Tutanxamon hisoblanadi. U Qadimgi Misr taxtiga chiqqan vaqtlari atigi 9 yoshda bo‘lgan. Fir’avn 10 yil davomida hukmronlik qilgan bo‘lsa ham, o‘zidan avvalgi hukmdorlar xatosini takrorlamagan, mamlakat poytaxtini Amarnaga qaytargan va 19 yoshida vafot etgan.
Ruslarning podshosi sanalmish Ivan IV (Ivan Grozniy) 3 yoshida taxtga chiqqanedi. Bunga otasi Vasiliy III ning o‘limi sabab bo‘lgan. Oradan 5 yil vaqt o‘tib podsho onasidan ham ayrilgan. Ko‘plab dushmanlar qurshovida qolib ketgan bolakayni ochlik bilan azoblashgan, qamoqda saqlashgan, undan qo‘g‘irchoq podsho tarbiyalashga harakat qilgan.
Oqibatda, Ioann Vasilevich Grozniy Rossiya tarixidagi eng shafqatsiz hukmdor sifatida nom qozongan. Bunga sabab bo‘lgan narsa esa uning barbod etilgan bolalik yillari edi.
Сообщения из Facebook