просмотров
1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada bo’ladi
Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi fayzli inson o’zini boshqara oladi. Suhbatdoshidan o’tishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, o’zini komil inson qilib ko’rsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yo’q, chunki u o’ziga va o’z kuchiga ishonadi.
2.U o’z qadrini biladi
Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi inson o’z qadrini biladi. U avvalam bor dadil insondir, aynan ana shu sifat hayotdagi ko’pgina vaziyatlarda yordam beradi.
3.Uning yonida insonlar o’zlarini qulay his etadilar
Bunday inson yonida siz o’zingizni qulay his etasiz. U bilan gaplashgan odam suhbatdan zavq oladi, chunki u boshqalar bilan samimiy munosabatda bo’ladi. U hech kimni o’zgartirishga harakat qilmaydi. Jozibador inson odamlarning yaxshi tomonlarini ko’ra oladi va shu xususiyatlarini namoyon qilishlariga yordam beradi.
Сообщения из Facebook