просмотров
Odamlarning aksariyati optimistlar ekanligini bilib hayratlanishingiz mumkin: kattalarning yarmidan ko'pi quyidagi narsalarning 56%ida o'zlarini juda baxtli deb bilishadi. So'ralganlarning to'rtdan biridan ko'prog'i, yoqimli mayda narsalar har doim ko'nglini ko'tarishini aytdi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kichik syurprizlar bizga ko'proq quvonch bag’ishlaydi va respondentlarning 82% hayotdagi eng yaxshi narsalar kutilmagan yoqimli hodisalarda deb aytishgan.
Nottingem universiteti psixologiya bo'yicha katta o'qituvchisi doktor Glenn Uilyams shunday deydi: «Baxtga olib boradigan yo'l katta rejalashtirilgan tadbirlar -turmush qurish, sayohat, muhim lavozimga ko'tarilish yoki ta'tilga chiqishlardangina iborat emas. Aksincha, ular hayotda kichik va ko'pincha kutilmagan, bizni har kuni tabassum qilishgan undaydigan quvonchlardadir. Bu narsalar bizning va boshqalarning hayotini yanada baxtli va mazmunli qilishga yordam beradi. "
Quyida kundalik hayotda bizni xursand qiladigan eng oddiy 40 ta kichik narsalarni to'pladik:
1. Cho'ntakdan uzoq vaqtdan beri unitilgan pulni topib olish.
2. Siz befarq bo’lmagan insondan “Ahvollaring qalay?” degan savolni eshitish.
3. Yangi yoki bo’lmasa toza choyshabda uhlash.
4. Cho'milish yoki dush qabul qilish.
5. Ko'chada notanish bolakayga tabassum qilish.
6. Uqalash mashqlarini qabul qilish.
7. Kunni boshlashdan oldin yaqinlarni bag’ringizga bosish.
8. Uyg'onib, tashqaridagi quyoshli va go’zal tongni qarshilash.
9. Sevgan va uzoq vaqtdan beri eshitmagan odamingiz bilan uzun suhbat qurish.
10. Hech qayerga borishga hojat bo’lmaganda divanda o'rangan holda yomg'irni tomosha qilish.
11. Bolalar qanday o'ynashini kuzatish.
12. Biroz vaqtni sevimli uy hayvonlari bilan o'tkazish.
13. Notanish odam sizga qilgan samimiy tabassumini ko’rish.
14. Uyg'onishdan va kundalik ishlarni boshlashdan oldin kerishib olish.
15. Baxtli xotiralar haqida gap ketganda baland ovoz bilan kulish.
16. Farzandingiz kechki ovqat tayyorlashda yordam berishini quvonch bilan qabul qilish.
17. Maysazorda yangi sabza urgan o’tlar hidi yoki issiqqina pishirilgan non kabi o’zingiz yoqtirgan ifordan to’yib nafas olish.
18. Sevgani nsoningizdan iliqlikni his etish.
19. Batareyada isitilgan kiyimni kiyish.
20. Hamma narsa tezkor ritmda aylanayotgan pallada bir necha daqiqaga to'xtash.
21. Quyosh botishini yoki chiqishini tomosha qilish.
22. Yomg'irdan keyin tashqaridagi hidni tuyish.
23. Sevimli qo'shiqchining qo'shig'ini yoki sevimli musiqiy albomni tinglash.
24. Do'stlardan xatni elektron pochta orqali yoki jonli efirda olish.
25. Nima kasb bo’lishidan qat’iy nazar ijodiy imkoniyatlardan foydalanish.
26. Sevgilingiz bilan qo’l ushlashib sayr qilish.
27. Yotoqda nonushta qilish.
28. Yoshlikdagi sevimli o’yinni o’ynash.
29. Sog'lom va mazali taomlarni iste'mol qilish.
30. Miriqib uhlash.
31. Sevgan kitobni mutolaa qilish uchun vaqt ajratish.
32. Sevimli ichimlikni sotib olish yoki yengil gazak bilan lazzatlanish.
33. Sizni sevadigan kishidan gullar yoki yoqimli sovg’alar qabul qilish.
34. Quyoshning iliq tafti ostida tashqarida ovqatlanish.
35. Yangi retseptni sinab ko'rish va turli-tuman mazali yeguliklarni tayyorlash.
36. Har qanday ishda do'stlar yoki oila yordamini his etish.
37. Sevimli lekin anchadan beri eshitilmagan qo'shiqni tinglash.
38. Birovning muammolariga yordam berishga vaqt ajratish.
39. Toza va ozoda bo’lgan uyda vaqt o’tkazish.
40. Kir yuvish mashinasini tuzatish yoki lampochkani almashtirish kabi kichik g'alabani qo'lga kiritish.
Сообщения из Facebook