просмотров
Ko’pchilikka ma’lumki A vitamini teri uchun nihoyatda foydali. U terini taranglashtiradi, ajinlarni yo’qotadi va yangilari paydo bo’lishidan himoyalaydi. Ajoyib hususiyatlari tufayli retinol yoshga doir kremlar hamda husnbuzarlarga qarshi vositalar tarkibidan joy olgan. Biroq yoz ob-havosida A vitamini “hunar” ko’rsatishi mumkin. Quyoshning ultrabinafsha nurlari bilan ta’sirga kirishgan darmondori teri qizarishi, quruqlashishi hatto allergik reaksiyalarni paydo qilishi ham hech gap emas. Shu bois kosmetik vosita harid qilayotganda tarkibida A vitamini bor yoki yo’qligiga ahamiyat bering. Mabodo, retinol qo’shilgan krem yoki boshqa parvarishlash vositasiga ega bo’lsangiz, uni salqin kunlargacha saqlab qo’ying.
Krem yorlig’ida ANA kislota so’ziga ko’zingiz tushgan bo’lishi kerak. Bu meva kislotasi degani. Bunday vositalar salqin havoda foydali. Biroq havo harorati yuqori bo’lganida meva kislotasi teriga nojo’ya ta’sir ko’rsatishi mumkin. Misol uchun, terida achishish qizarish, qichishish paydo bo’lishi ba’zan kuchli allergiya (o’z vaqtida muolaja qilinmasa, dog’ saqlanib qoladi) kuzatilishi mumkin. Mevali pilinglar mutaxassislar tavsiyasi bilan amalga oshirilishi lozim.
Issiqda teri tez kirlanadi. Shu bois uni tozalab turish lozim. Ammo yoz uchun istalgan kosmetik vositasi to’g’ri kelmaydi. Eng ma’quli molochko yoki mitselyar suyuqlikdir. Siz tanlagan vosita teriga chuqur singishi shart emas. Chunki quyoshda quruqlashgan teri shiddat bilan ishlayotgan yog’ bezlari ta’sirida qiynaladi. Chuqurlashtirilgan tozalash muolajasi esa vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Shuni unutmangki, yuz terisida ham stress holati yuz berishi mumkin. Qolaversa, yozda terini chuqur tozalash tabiiy himoya- lipid qatlamini zararlaydi.
Yuz terisi parvarishiga e’tiborli bo’lsangiz, imkon qadar tonal kremdan kamroq foydalaning. Tog’ri, ushbu vosita pardoz qutisining ajralmas qismiga aylanib ulg’urdi, u teri kataklarini to’ldirmaydi toshmalar toshirmaydi. Muammo kun davomida yuzni siypalovchi qo’llardadir. Bilasiz, kompyuterda ishlash, transport vositalaridan foydalanish, umuman kundalik yumushlar barmoq terisida bakteriyalar yig’ilishiga sabab bo’ladi. Beixtiyor yuz qismiga tegilganida, qichishish, silash yoki shapatilashda ana shu bakteriyalar teriga o’tishi mumkin. Bu esa keyinchalik toshma toshishi va boshqa teri kasalliklarini keltirib chiqaradi. Jaziramada BB va CC kremlaridan foydalangan yaxshi. Ushbu vositalar ikkita vazifani bajaradi: ultrabinafsha nuridan himoyalaydi va tonal kremi ta’sirini beradi. Krem ustidan yupqa qilib upa surtish mumkin.
Сообщения из Facebook