просмотров
1. Jonni Depp koulfobiyadan aziyat chekadi, ya'ni u masxarabozlardan juda qo’rqadi. Masxarabozni ko’rganda daxshatdan bo’gilib qolishi ham mumkin.
2. Deppning shokoladga allergiyasi bor. "Shokolad" hamda "Charli va shokolad fabrikasi" filmlarini suratga olish jarayonida o’yinchoq shirinliklardan foydalanishlariga to’g’ri kelgan.
3. Jonni Depp suniy soqollarni kolleksiya qiladi.
4. Jonni kaltakesaklarni boshqara oladi. Unga bu nima uchun kerakligini va qanday qilib bu qobiliyatni kashf etgani yolg'iz Tangriga ayon, ammo Depp bu bilan g’ururlanadi.
5. Bir safar Depp pichoq bilan qurollangan zo’ravonni to'xtatib qolgan. Eng ahamiyatlisi, buni u kuch bilan emas shunchaki kelishuv bilan bartaraf qilgan.
6. Bir marta Jonni Depp Jek Chittakni ta’riflab bo’lmas darajada kelishgan deb hisoblashini tan oldi.
7. Jonni Depp 12 yoshidan tamaki chekishni boshlagan.
8. U hamisha uzun tilaklar yozib dastxat berishdan sira ham bosh tortmaydigan mashhurlardan biridir.
9. Aktyor raqsga tushishdan juda qo'rqadi. Agar buni qaysidir film uchun qilishiga to’g’ri kelsa, unda xoreograf doimiy ravishda suratga olish maydonchasida bo'ladi.
10. Aktyor bo'lishdan oldin Depp telefon orqali sharikli ruchkalarini sotish bilan shug’ullangan.
11. Jonni Depp latifa aytishni sira ham uddalay olmaydi.
12. Aktyor Fransiyada va AQShda sharoblar savdosi bilan shug’ullanadi. Uni bir nechta barlari mavjud. Ammo ko'p yillar davomida aktyor spirtli ichimliklarni iste'mol qilmagan.
13. Depp Jek Chittakning bir nechta kumush tishlari bo'lishini xohladi. Kino prodyusserlari bu fikrni qadrlashmadi. Keyin Depp tish shifokoriga bordi, oldingi bir juft tishni olib tashladi va ularni protez bilan almashtirdi.
14. Jonni Depp arvohlar borligiga ishonadi va ulardan juda qo'rqadi.
Сообщения из Facebook