просмотров
Futurologlar – ya’ni ko’pgina omillarni o’rganib, kelajakni tahlil qiluvchi mutaxassislarning aytishiga qaraganda, robotlar insonlarning o’rniga mehnat qilmaydilar, chunki ijod va inson omili zarur bo’lgan kasblarga ehtiyoj saqlanib qolinadi. Sun’iy aql esa hozirning o’zida matematika yo’nalishini egallagan.
Mutaxasssislarning hisobi bo’yicha, 2025 yildan keyin koinot va virtual hayot bilan bog’liq bo’lgan kasblarga ehtiyoj kuchayadi. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo’lib yetishish uchun bolalar hozirdanoq tor profildagi bilimlarni emas, bir necha soha doirasidagi bilimlarni egallashlari lozim.
Virtual dunyo dizayneri
Bu kasb uchun arxitektura dizayni, tahrirchilik va psixologiya sohasidagi bilimlar zarur bo’ladi.
Taxmin qilinishicha, 2020 yilga kelib, virtual dunyo moslamalari bozorining narxi 40 milliard dollar deb baholanadi, 2026 yilga kelib esa millionlab odamlar o’qish yoki ishlash uchun virtual dunyoning yangi yo’nalishlariga kiradilar. Virtual dunyo dizayneri virtual dunyoni loyihalashtirish bilan shug’ullanadi va muzokaralar o’tkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi.
Roboetika bo’yicha advokat
Zarur bilimlar:kommunikatsiya, falsafa, etika
Bizning hayotimizga asta-sekinlik bilan robotlar kirib kelmoqda va tabiiyki kelasi o’n yilliklarda robotlar ko’pgina ish joylarini egallab oladilar. Demak o’z-o’zidan odamlar va sun’iy intellekt o’rtasida vositachilik qiluvchi shaxs kerak bo’ladi.
Madaniyatning digital-sharhlovchisi
Kerakli bilimlar: madaniyat tarixi,piar, biznes, marketing
O’n yildan keyin ijtimoiy tarmoqlarni vizual aloqa egallab oladi. Buni Instagramning yuqori ko’rsatgichlari ham isbotlab turibdi. Raqamli madaniyatni an’anaviy holga keltiruvchi digital-sohaning jonli tilini o’zlashtirgan xodimlarga ehtiyoj kuchli bo’ladi.
Frilans bioxakeri
Zarur bilimlar: tibbiyot, tahlil (analitika), metodologiya
Avvallari professionallargina ilm bilan shug’ullanganlar. Hozirgi kunda esa dunyoning turli burchaklaridagi olimlar Internet orqali ochiq kodli ma’lumotlar yordamida depressiya, autizm, shizofreniya, Altsgeymer kabi kasalliklariga qarshi kurashning yangi usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Exsreptlarning fikricha esa, virtual frilans bioxakerlarining jamoasi bu ishda ularda faol yordam beradilar.
Koinot gidi
Olimlarning fikricha, 2030 yilga kelib koinot bo’ylab sayohatlar yo’lga qo’yiladi, shunday ekan koinot turizmini maroqli bo’lishini va xavfsizligini ta’minlovchi ekskursovodlarga zaruriyat tug’iladi.
Atrof muhitni tiklash bo’yicha muhandis
O’n yildan keyin Yer aholisining soni 9 milliardga yetadi va tabiat resurslari katta tezlikda tugab boradi. Atrof muhitni tiklash bilan shug’illanuvchi muhandis o’lib ketgan hayvon va o’simliklarni hamda jabr ko’rgan ekotizimlarni tiklash bilan shug’ullanadi.
Doimiy oziqalanish vositalarini ishlab chiqaruvchi xodim
Kerakli bilimlar: kimyo va materialshunoslik
Olimlarning fikricha, kelajakda inson quyosh va shamoldan quvvat manbai sifatida foydalanadi. Shamolsiz va bulutli kunlarda muammolar kelib chiqishi mumkin. Ushbu soha mutahassislari aynan ana shu sohada faoliyat yuritadilar.
Inson tanasining dizayneri
Kerakli bilimlar: biomuhandislik va anatomiya
Texnologiya sohasi shunchalik olg’a siljib boradiki, 2025 yilga kelib insonning tashqi yoki ichki a’zolarini almashtirish avtomobillarning detallarini o’zgartirishdek oddiy ish bo’lib qoladi. Shuningdek protezlardan nafaqat zaruriyat yuzasidan, balki aksessuar sifatida ham foydalaniladi.
Сообщения из Facebook