4,669
просмотров
просмотров
Avstraliyaning Leyk-Makkuori shahrida kengurular sayohatchilarning oldiga yopirilib keladi: jabrlanganlar kuchli oyoqlar hamda o'tkir tirnoqlar “tanishganidan” keyin jiddiy yaralar bilan qaytayotgani kuzatilgan. Bunday tajovuzkorlikning sababi qanchalar g'alati ko'rinsa ham oddiy qizil sabzida! Gap shundaki, turistlar va sayohatchilar bilmagan holda qizil sabzi bilan qopchiqli yoqimtoylarni mehmon qila boshlaydi.
Tarkibida qand moddasining ko'rsatkichi yuqoriligi tufayli bu ildizmeva kengurularga juda yoqadi, yoqadi ham gapmi –ular sabzini ko'rganida yovuzlashib ketadi, bir pasta tajovuzkor bo'lib qolib turistlardan sabzini tortib olish payida bo'ladi.
Sidney hayvonot bog'ining parhezshunosi Mishel Shouning gapiga qaraganda keyingi paytlarda kengurularda shu darajada qandga qaramlik vujudga kelganki, ular ajoyib shirinlikni o'z burnining tagida ekanligini ko'rganidan jazavaga tushadi. "Kenguruning tabiiy parhezi bu asosan o't, shuning uchun ham sabzidagi qand ozuqa moddalarini o'zlashtirishini qiyinlashtirib qo'yishi mumkin, bu esa juda sekin va azobli o'limga olib boradi”, — deb qo'shib qo'ydi u.
Сообщения из Facebook