
просмотров
Qaysi chiziq to’qroq?

Agar siz kulrang chiziqlarni birlashtirsangiz, ular aslida bir xil rangda ekanligini tushunasiz. Biroq, turli xil fon tufayli ularning rangida farq bordek ko'rinadi.
Bunga ishonch hosil qilishingiz uchun biz bitta oq va qora fondagi kulrang chiziqni birlashtirdik:

Avtokinetik illyuziya

Agar siz rasmga diqqat bilan qarasangiz, yurak harakatlanayotganini ko'rasiz. Bu xayol ingichka oq chiziqlar va ularning mayda-chuyda yo'nalishlari hisobiga kelib chiqadi.
Qayta tiklanuvchi kataklar

Suratning chekka qismida singan kataklarni ko’rishingiz mumkin. Ammo agar siz rasmning markaziga taxminan 20 soniya davomida diqqat bilan qarasangiz, kataklar tiklanganini ko’rasiz. Buning sababi, bizning miyamiz butun rasmni ko'rishni yaxshi ko'radi va uni qayta tiklashga intiladi.
Ponzo illuziyasi: rangli chiziqlarning qaysi biri uzunroq?

Qizil chiziq uzunroq ko’rinishiga qaramay ikkalasi ham bir hil.
Qizil chiziqlar illuziyasi

Ishonishingiz qiyin, biroq qizil chiziqlar aslida to’g’ri. Ular suratda joylashgan doiralar tufayli ham bizga egri bo’lib ko’rinadi.
Gering illuziyasi

Sizningcha, bu chiziqlar egilganmi? Aslida, ular to'g'ri va illuziya o'tkir burchaklarda birlashgan segmentlar tufayli paydo bo’lgan.
Dorining rangi qanday?

Bir qarashda, bitta dori ko'k rang, ikkinchisi esa binafsha rangga o'xshaydi.Aslida, ular ikkalasi ham kul rangdir va "rang" effekti esa yorqin fon tufayli paydo bo’lgan.
Kundalik hayotning sehrli illuziyasi

Suratni biroz yuqoriga va pastga siljitayotganda, gilamcha plitka bo'ylab "suzayotgan"dek ko'rinadi.
Bolduin illuziyasi: qaysi chiziq uzunroq?

Bu ikki chiziq ham aslida bir hil uzunlikda, biroq ongimizda pastdagisi uzunroqdek tuyuladi.
Bu yerdagi qaysi chiziqni uzun deb o’ylaysiz?

Ulardan vertikali uzunroq ko'rinsa-da, ikkisi ham bir xil. Mana buning isboti!

Сообщения из Facebook