просмотров
Lekin hayot kutilmagan hodisalarga to’la: kiyimga gohida ichimlik to’kib tashlaysan,gohida qandaydir dog’ni qayerdandir orttirib olasan! Biroq ushbu holatga uchrasangiz kiyimingizni tashlab yuborish yoki bo’lmasa pol lattaga aylantirishga shoshilmang.
Sizning e'tiboringizga kiyimlaringiz va poyafzallaringizning umrini uzaytiradigan bir nechta "hiylali" maslahatlarni keltirib o’tamiz.
1.Kiyimda qo’ltiq ostida qolgan dog’ni ketkazish uchun limon sharbati yoki bo’lmasa choy sodasini ishlating.
2.Sevimli jemperingiz cho'zilib ketmasligi uchun, havo o’tkazmaydigan paketga joylab 3-4 soatga muzlatgichga qo’ying. Shu jarayondan keyin u keyingi mavsumgacha o’z holatini saqlab qoladi.
3.Kiyimlarni statik elektrlanishini hohlamasangiz, kiyishdan oldin teskari tomonini quruq salfetka bilan artib qo’ying.
4. Kiyimlardagi kichik g’ijimlanishdan soch uchun mo’ljallangan dazmol orqali xalos bo’lishingiz mumkin.
5. Yorqin rangli kiyimlarda kosmetik vositalardan qo’lgan dog’ni soqol olishda ishlatiladigan ko’pik yordamida ketkazishingiz mumkin.
6. Poyabzalingiz o’zingizga tordek tuyilayabdimi? Xechqisi yoq! Paketga suv to’ldiring va uni poyabzalingizi chiga soling. So’ngra oyoq kiyimingizni 1 kechaga muzxonada qoldiring.
7. Qizil sharobdan qolgan dog’ni oq sharob quyish orqali ketkazish mumkin. Ustidan oshxona sodasini seping va 2-3 soatdan so’ng yuvib tashlang.
8. Etiklarni shaklini saqlab qolish uchun ichiga g’ijimlangan jurnal varoqlarini soling.
9. Qizil rangli lab bo’yog’i izini kiyimlardan ketkazish uchun soch turmagida ishlatiladigan lakdan foydalaning.
10.To'q rangli jinsilar o’z tusini yo’qotmasligi uchun yuvish jarayonida kir mashinasiga yarim stakan distillangan sirka qo’shing.
Umid qilamizki, ushbu maslaxatlarimiz siz yoki yaqiningizga qo’l keladi.
Сообщения из Facebook