просмотров
Albatta,eng samarali usul kiyimni ximik tozalashga berishdir. Biroq bu sizdan vaqt va pul talab qiladi. Ammo bunday joylarda maxsus vositalar qo'llanilib, ular hatto eng nozik matoni ham buzmasdan tozalab tashlashi mumkin.
Matoga yopishib qolgan saqichdan uy sharoitida qanday qutulish mumkin?
- Dastavval, saqich yopishgan joyni qaynab suvda tutib turishingiz kerak;
- Suvni qo’lni solish mumkin bo’lgan haroratda sovugunicha kutib turing.
- Saqich qaynoq suvdaligida o'tkir narsa bilan (masalan, pichoq bilan) olishga harakat qiling;
-Suvda turgan holida matoni ishqalab, yuvib tashlang.
- Kiyimni quriting va agar lozim bo'lsa, protsedurani qayta takrorlang.
Issiq suvdan foydalangan holda shimdagi saqichni olib tashlash
-Issiq suvni oching;
- Issiq oqim ostida matoni ifloslangan joyini tuting, cho'tka yordamida saqichni tozalashga harakat qiling (tish cho'tkasini ishlatishingiz mumkin).
Benzin yordamida saqichdan halos bo’lish
- Saqich yopishgan joyni benzin bilan ho’llang.
- Benzin saqichni osonlik bilan olib tashlaydi. Faqatgina siz uning hididan xalos bo'lishingiz kerak, buning uchun kiyimni etiketkadagi ko'rsatmalarga muvofiq yuvish kerak.
* Saqichni olib tashlash uchun sizga juda kam benzin kerak bo'ladi. Ehtiyot bo'ling, chunki benzin yonuvchan mahsulot.
* Agar siz benzin topmagan bo'lsangiz, uni xuddi shu ta'sirga ega bo'lgan alkogol bilan almashtirishingiz mumkin.
Muz yordamida saqichdan halos bo'lish usuli
- Birinchi, sellofan paketga joylash uchun kiyimni saqich yopishgan joyini tepaga qaratib taxlang.
- Kiyimni sellofan paketga joylang va ustini yoping. Saqich paketga yopishib qolmasligiga ahamiyat qarating.
- Paketni muzlatgichga qo'ying va mato muzlashini kuting.
* Matoni muzlatgichning chetiga tegmasliga e’tibor bering.
-Muzlatgandan so'ng, kiyimingizni oling va saqichni imkon qadar tezroq olib tashlashni boshlang.
* Saqich erimasligi kerak.
* Agar saqich erigan bo'lsa, kiyimni muzlatgichga qayta qo'ying yoki saqichni muz bo’lagi bilan muzlatib ko'ring.
Сообщения из Facebook