просмотров
Ishtahaning qo’zg’ashi
Sezgi a’zolari – marketologlarning eng faol ittifoqdoshidir. Axir butun dunyo bo’yicha bong urib aytilmoqda: “Magazinlarga och qoringa bormanglar!” Qorningiz qanchalik och bo’lsa, shunchali ko’p ortiqcha narsa xarid qilishingiz ehtimoli katta. Bordi-yu qorningiz och bo’lmasa ham supermarketlarning ishtahangizni ochib yuboradigan usullari tiqilib yotibdi.
Masalan, shirinliklarning hidi yoki vitrinada turgan mahsulotlarga yoritish uskunalarining nuri shunday tushiriladiki, oddiy mahsulot ham jozibador ko’rinishga ega bo’lib, ko’zingizni quvnab, sizni o’ziga maftun etadi.
Musiqa orqali gipnoz
Supermarketda sho’x musiqani eshitdingizmi – diqqatingizni kuchaytiring. Savdo hajmini kuchaytirish kerak bo’lgan joylarda sho’x musiqa qo’yilar ekan. Bunday energetik musiqalar rejalashtirmagan mahsulotingizni ham xarid qilishga undar ekan.
Tinch, ohista musiqalar ham tuzoq hisoblanadi. Magazinlarda ataylab inson yurak urushi chastotasidan ozgina pastroq bo’lgan musiqalar qo’yilar ekan. Chunki bunday musiqalar xaridorlarning mahsulot taxlangan tokcha oldida uzoqroq qolishini, savdo zalini ko’proq aylanishini va oqibatda esa ko’proq narsa xarid qilinishini ta’minlar ekan. Maslahatimiz, do’konlarga qulochinlar taqib kiring.
Chegirmalar
Bu ham marketologlarning manipulyatsiyasi. Ya’ni ayni mavsum paytida kerakli mahsulotni haqiqatdan ham arzon narxda tavsiya etadilar. Xaridor yutaman deb o’ylab, ushbu supermarketga kiradi. Biroq do’konda chegirmalar hamma mahsulotga emasku. Arzon mahsulot ilinjida do’konga kirgan xaridor boshqa mollarni ham ko’zdan kechiradi va albatta yana qo’shimcha nimanidir sotib oladi. Do’kondor foydani aynan mana shu qo’shimcha mahsulotning sotilishidan qiladi.
Kassa oldidagi mahsulotlar
Kassa oldida marketologlar mayda-chuyda narsalarni sal qimmatroq narxda joylashtiradilar. Navbatda turganingizda shokolad yoki shirinlikdan o’zingiz yoki kichkintoy farzandingiz uchun ovolasiz. Yoki salfetka va shunga o’xshash narsani savdo zalidan ovolish esingizdan chiqqan bo’lsa – mana yoningizda turibdi, faqat ozgina qimmatroq. Bitta salfetka uchun orqaga qaytmaysizku, to’g’rimi?
Mana shunaqa “hiylalar” bilan marketologlar sizni o’zingiz bilmagan holda qo’shimcha xarid qilishga undar ekanlar.
Сообщения из Facebook