4,861
просмотров
просмотров
Tiramisu – italiyalik qandolatchilar tomonidan yaratilgan desert bo’lib, tort bilan pirojnojnoyega o’xshash shirinlik turidir. Tiramisu mayin, g’oyatda mazali va chiroyli ko’rinishga ega. Quyida uy sharoitida ushbu shirinlikni tayyorlash usullaridan biri haqida bayon etamiz.
Tarkibi:
*Uvalanadigan pechenye – 200 g
*Yog’siz tvorog – 200 g
*Smetana – 100 g
*Shakar – 50 g
*Qahva – 1 choy qoshiq
*Vanil – ta’bga qarab
*Kakao – ta’bga qarab.
Tayyorlanishi:
1)Blenderda tvorog, smetana, shakar hamda vanil bir xil massaga kelgunga qadar aralashtiriladi
2)Qahva tayyorlanadi
3)Pechenyeni 5 soniyaga qahvaga botirib olinadi. Shisha stakanchikka pechenye va krem qatlamlari navbatma-navbat terib chiqiladi.
4)Desertning ustidan elakcha yordamida kakao sepib chiqiladi. So’ngra muzlatgichga 8-10 soatga qo’yiladi.
Сообщения из Facebook