просмотров
H5N1 parranda grippi
1997 yilda ilk marotaba virusning parrandadan insonga yuqish holati yuz berdi. Bu orada mazkur kasallik oqibatida rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sal kam 300 ta odam halok bo’ldi, ammo ushbu virusning doimy o’zgarib turishi insonni xavotirga soldi. Oxirgi marta parranda grippidan halok bo’lish holati 2014 yilda kuzatildi.
H1N1 cho’chqa grippi
XXI asrdagi epidemiyalardan biri – cho’chqa grippidir. Mazkur grippning avj olishi 20 asrda – 1976 chi va 1988 yillarda kuzatilgan edi. Eng yirik pandemiya 2009 yilda sodir bo’lgan, o’shanda 221 ming odam ushbu virusni yuqtirib olgan va qariyb 2 mingta odam halok bo’lgan edi.
SARS atipik pnevmoniyasi
Atipik pnevmoniya 2002 yilda Xitoyda paydo bo’ldi. Bu virus tarixi davomida 8 mingta odam uni yuqtirib oldi, ulardan 772 tasi halok bo’ldi.
Ebola
Ebola havo-tomchi yo’li orqali yuqmaydi, faqatgina tana suyuqliklari orqali o’tadi. Bir qarashda bu narsa epidemiyani ozgina sustlashtirishi kerak edi, ammo Afrikada ko’pchilikning toza suvdan foydalanish imkoni yo’q (shuning uchun Ebola kambag’allarning kasali, deb ham ataladi). Kasallik ikki yilda bir avj oladi. 2014-2015 yillarda bezgakdan 11 ming odam, 2019 yili Kongoda esa 2199 nafar odam halok bo’ldi. Yillar davomida Ebola virusi Afrika aholisidan tashqari 23 nafar kishining hayotiga zomin bo’ldi, shuning uchun hech bir farmatsevtik kompaniya unga qarshi vaktsina ishlab chiqarishga kirishmadi.
Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS)
Mazkur virus bilan ilk zararlanish 2012 yilda Saudiya Arabistonida sodir bo’ldi, uch yildan so’ng esa Janubiy Koreyada aniqlandi. Bir-bir zararlanish holatlari hamon sodir bo’lib turadi. Shu vaqt davomida jami 1154 nafar odam zararlangan, ulardan 431 tasi
Сообщения из Facebook