просмотров
Renessans san’atining tadqiqotchisi Viktor Grashenkovning yozishicha Leonardo, shu jumladan peyzaj yordamida ma’lum bir shaxsning portretini emas, universal siymo yaratishga erisha olgan. “Bu sirli suratda u hech kimga tanish bo‘lmagan Florensiyalik ayol, Franchesko del Djokondoning rafiqasi Mona Lizaning portret tasviridan ko‘ra ancha ko‘proq narsa yaratgan. Ma’lum shaxsning tashqi qiyofasiva ruhiy tuzilishi ta’riflashga til ojiz sintetiklik bilan uzatilgan. Bu impressional psixologizmga inson hozir bo‘lganligining biror belgilarisiz peyzajning koinot singari mavhumiyligi to‘laligicha javob beradi. Tutunsimon yorug‘lik bilan soya ichida nafaqat shakl va manzaraning barcha chizgilari yumshaydi. Ko‘z uchun deyarli ilg‘ab bo‘lmas yorug‘likdan soyaga o‘tishlarda,Leonardoning sfumatosidagi silkinishlar iloji bor qadar yumshab, eriydi va individuallik va uning ruhiy holatining har qanday ma’lumligi yo‘qolib ketishga tayyor. “Djokonda”- portret emas. Bu - butun bir narsaga birlashgan va o‘zining individual aniq shaklidan chalg‘itilib taqdim etilgan insonning o‘zi va tabiyat tasvirlangan timsoli. Ammo, bu monand dunyoning qotib qolgan yuzasi uzra mavj kabi yugurib o‘tgan bazo‘r bilinadigan harakatning ortida jismoniy va ruhiy hayot imkoniyatlarining boyligi sezilib turadi”.
“Mona Liza”birinchi planning tilla-jigarrang bilan mallarang tuslarida va ikkinchi uzoqdagiko‘rinishlarning zumrad-yashiltuslarida berilgan. “Shishaday shaffof bo‘yoqlargo‘yo insonning qo‘li bilan emas, eritmadan shakli bo‘yicha beqiyos kristallarhosil qiluvchi materiyaning ichki quvvati bilan yaratilganday, go‘yo.Leonardoning ko‘p asarlari kabi bu asar ham vaqt o‘tib qorayib qolgan va undagiranglarning nisbatlari biroz o‘zgargan, lekin hozir ham karnasiya tuslari bilankiyimlardagi taqqoslanishlar hamda manzaraning “suvosti” tusi bilan ularningumumiy kontrasti yaqqol qabul qilinadi.
Djokonda tabasumi
Djokonda tabassumi
Mona Liza tabassumi suratning eng mashhur sirlaridan biri. Bu yengil, bilinar-bilinmas tabassum ustaning o‘ziga tegishli ko‘p boshqa asarlarida ham, shu bilan birga shogirdlarining ishlarida ham juda ko‘p uchraydi, biroq aynan “Mona Liza”da u avjiga chiqarilgan.
Umuman olganda shuni e’tiborga olish kerakki, bu ta’rifni (yoki adabiy tamg‘ani) romantik yozuvchi Teofil Gotye 1855-yilda ishlatgan. U eng asosiysini amalga oshirgan - u Djokondaning sirli tabassumini o'ylab topgan. Ungacha hech kim bu tabassumda hech qanday sirni ko‘rmagan. Malsalan, Vazari Mona Lizaning tabassumini atigi “yoqimli” degan. Gotye Djokondaning tabassumini sevib qolish juda hatarli, biroq sevmay iloji yo‘q bo‘lgan muqarrar ayolning eng asosiy quroli sifatida tanitgan. Gotye shunday deb yozgan:
“Djokonda! Bu so‘z hotirada darhol Leonardoning suratidan sirli tarzda tabassum ila qarab turgan go‘zallik sfinksini uyg‘otadi... Bu sharpaning dilraboligiga maftun bo‘lib qolish juda xavfli... Uning tabassumi noma’lum zavqlardan darak beradi, u juda ilohiy, istehzoli... agar Don Juan Djokondaning uchratib qolganda, uning siymosida o‘z ro‘yhatidagi uch ming ayolning hammasini tanib olar edi...”
San’atshunos Genadiy Kozlovning yozishicha Gotyedan keyin sirli tabassum hatto Leonardoning o‘zi muallifligini ham chetda qoldirib, omma uchun “Djokonda”ning eng muhim fazilatiga aylanib qoldi.
San’atshunoslar va san’at tarixchlari unga juda ko‘plab misralarni bag‘ishlagan. Masalan, Grashyenkovning yozishicha: “Inson hissiyotlari va istaklari, bir-biri bilan kurashayotgan ehtiroslar va xayollarning bitmas-tugalmas hilma-hilligi tekkislanib birlatishtirilgan holda, uyg‘unlik bilan Djokondaning vazmin qiyofasida atigi uning bazo‘r paydo bo‘lib, shu zahot yo‘qoluvchi tabassumining mavhumligi orqali o‘z aksini topgan. Uning lablari tutashgan qirralaridagi hech narsani anglatmaydigan bir onli harakati, huddi uzoqlashib bir tovushga aylangan aks-sado kabi cheksiz uzoqlikdan bizgacha inson ma’naviy hayotining rang-barang polifoniyasini yetkazib keladi.
San’atshunos Rotenbergning hisoblashicha, “butun dunyo san’atida fe’l-atvor va aql-idrokning birligida jamlangan inson shaxsini aks ettirib bera olish kuchi bilan “Mona Liza”ga teng keladigan portret ko‘plab topilmaydi. Leonardo da Vinchining bu portretidagi aynan noodatiy intellektual to‘ldirilganlik uni kvatrochento siymolari portretlaridan ajratib turadi. Uning bu hususiyati u modelning tabiati avval umuman o‘zgacha, aksariyat lirik siymoviy ohangdoshlikda ochib berilgan ayol kishining portretiga oid ekanligi yanada o‘tkirroq qabul qilinadi. “Mona Liza”dan taralayotgan kuch hissi - bu ichki yig‘noqlik va shaxsiy erkinlik hissiyotining uzviy birligi, insonning o‘z ahamiyatini anglashga tayangan ma’naviy barqarorligidir. Ayol tabassumining o‘zi ustunlik yoxud kalondimog‘likni emas o‘ziga bo‘lgan sokin ishonch va hotirjamlikni aks ettiradi.
Boris Vipperning ko‘rsatishicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoshlarning yo‘qligi va peshona tepasining qirilganligi, balki, uning yuzidagi g‘alati sirlilikni beihtiyor kuchaytirib yuboradi. Keyin u surat ta’sirining kuchi to‘g‘risida yozadi: “Agar biz o‘zimizdan “Mona Liza”ning buyuk jozibadorlik kuchi, uning hech bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmas gipnotik ta’siri nimada, deb so‘rasak, javob faqatgina bitta bo‘lishi mumkin - uning ulug‘vorligida. “Djokonda”ning tabassumiga eng uddaburon va eng qarama-qarshi interpretasiyalar qo‘shilgan. Unda g‘urur va nafislik, hislilik va erkalik,badjahllik va kamtarinlikni topishni istaganlar. Xatolik, birinchidan, Leonardo aynan odatiy ulug‘vorlikka erishishga harakat qilganliginiga qaramay, Mona Lizaning siymosida sub'yektiv ruhiy hususiyatlar izlangan. Ikkinchidan, - va bu yanada muhimrog‘i - Mona Lizaning ulug‘vorligiga emosional hususiyatlarni bog‘lashga urinishgan, aslida esa u intellektual ildizlarga ega. Mona Lizaning mo‘’jizasi aynan shundaki, u fikrlaydi. Biz sarg‘aygan, yoriqlarga to‘lgan taxtaning oldida turgan holda aql-idrokka ega mavjudotning hozirligini sezib turamiz, unga gapirib va undan javob kutsa bo‘ladigan mavjudot oldida turganligimizni his etamiz.
Leonardo da Vinchi. Avliyo Anna bilan Bibi Mar’yam hamda chaqaloq Iso Masiho (parcha) tahminan 1510-yil. Luvr
Lazarev uni san’atshunos olim sifatida tahlil qilgan: “Bu tabassum Mona Lizaning o‘ziga xos fazilati bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq ruhiy tirilishning odatiy tenglamasi, Leonardoning barcha navqiron siymolari uzra qizil ip kabi o‘tuvchi tenglama, keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari uchun an’anaviy qolip bo‘lib qolgan tenglama sifatida namoyon bo‘ladi. Leonardo shakllarining nisbatlari kabi, u eng nozik matematik o‘lchamlarda, inson tanasidagi alohida qimslarining ma’nodor muhimliklarini qat’iy hisob-kitobida qurilgan. Va shu bilan birga, uning tabassumi mutlaqo tabiy, uning jozibadorligi ham aynan shunda. U yuzdagi barcha dag‘allik, taranglik, turg‘unlikni yo‘qotib uni mavhum, noaniq ruhiy iztiroblar ko‘zgusiga aylatirib yuboradi. O‘zining tutqich bermas beqarorligida u faqat bir onda suv yuzasida o‘tib ketuvchi mayda mavjga tenglashtirilishi mumkin.
Uning tahlili nafaqat san’atshunoslar, balki ruhshunoslarning ham e’tiborini o‘ziga tortgan. Zigmund Freydning yozishicha: “Leonardo da Vinchining suratlarini tasavvur qilgan kishining xotirasida suratlardagi ayollar siymosida yashiringan g‘alati, asirga oluvchi va sirli tabassum vujudga keladi. Cho‘ziq, hilpirab turuvchi lablarda qotgan tabassum Leonardoga xos va ko‘pincha “leonardocha” tabassum deyiladi. Florensiyalik Mona Liza del Djokondaning o‘ziga xos maftunkor siymosida ushbu tabassum tomoshabinni hamma narsadan ham kuchliroq o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi va parokandalikka soladi. Bu tabassum faqat bitta talqinni talab qilgan, ammo sanoqsiz turli talqinlarni topgan, lekin ularning birortasi ham tabassumni tariflash berish talabini qoniqtira olmaydi. Mona Lizaning tabassumida ikkita turli narsa birlashgan, degan tahmin ko‘pchilik tanqidchilarda tug‘ilgan. Shuning uchun ham bu hurliqo Florensiyalik ayolyuzining ko‘rinishida ular ayolning ishqiy hayotini boshqaruvchi antagonizmning eng yoruq aks ettirilishi, vazminlik va afsun, ayollarga xos nafosat va erkak kishini qandaydir o‘zga narsadek yutib yuboruvchi ko‘z ilg‘amas-talabchan hissiyotlarni ko‘rar edilar. Leonardo Mona Lizaning chehrasida undagi tabassumning cheksiz nazokat va dahshatli tahlikadan darak kabi ikki tomonlama ma’nosini yarata oldi.
Tomoshabinni ayniqsa, bu tabassumning iblisona fusunkorligi sehrlab qo‘yadi. Bir qarashdan jozibali tabassum qilayotgan, yoki sovuq va bag‘ritoshlik bilan bo‘shliqqa qarab turgandek qotib qolgan bu ayol to‘g‘risida yuzlab shoir va yozuvchilar yozgan, va hech kim uning tabassumi sirini fosh qilib, fikrlarini talqin qilib bera olmadi.
Faylasuf Aleksey Fyodorovich Losev u to‘g‘risida salbiy yozgan: ... “Mona Liza” o‘zining “iblisona tabassumchasi” bilan. “Axir faqat Djokondaning ko‘zlariga qarab ko‘ring, hech qiynalmasdan shuni anglash mumkinki, u umuman jilmaygani ham yo‘q. Bu tabassum emas, biroq bu sovuq ko‘zlarga ega va Djokonda sehrlab olmoqchi bo‘lgan o‘ljaning chorasi yo‘qlini aniq bilib turgan va o‘ljada zaiflikdan tashqari uni egallab olgan yoqimsiz hissiyot oldidagi kuchsizlikka tanib turgan yirtqich bashara.”
Psixolog Pol Ekman Djokonda yuzining belgilari to‘g‘risida yozadi va uni inson mimikasi to‘g‘risidagi o‘z bilimlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi: “ikkita boshqa-boshqa yuz (tabassum) ko‘zlarning o‘ziga xos ko‘rinishiga ega samimiy tabassumni birlashtiradi. Havasni keltiruvchi o‘zini qiziqtirgan ob'yektdan ko‘zini olib qochsada, unga keyin yana istehzoli nigoh tashlab, yana bir on o‘tmay, nigohlar uchrashishga ulgurmasdanoq olib qochiladigan o‘ynoqi tabassum. Mashhur Mona Lizadan qoluvchi taasurotning noodatiyligi shundaki, Leonardo o‘z naturasini aynan shu o‘ynoqi harakat paytida ilib oladi; u boshini bir tarafga burib, ko‘zi bilan boshqa tarafga - o‘zini qiziqtirgan ob'yektga qarab turadi. Hayotda yuzning bu ko‘rinishi bir onlik - yashirin nigoh tashlash bir ondan ko‘p davom etmaydi.
Сообщения из Facebook