Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
Mona Liza, yana bir nomlanishi “Djokonda” (italyancha: Mona Lisa, La Gioconda, fransuzcha La Joconde, to‘liq nomlanishi Liza del Djokonda xonimning portreti) - Fransiyada, Parijdagi Luvrda saqanib kelayotgan surat. Surat muallifi - Leonardo da Vinchi. Tasviriy san’atning Dunyodagi eng mashhur asarlaridan biri. Hisoblanishicha, tahminan 1503 - 1505 yillarda yaratilgan bu asarda Florensiyalik shoyi savdogari Franchesko del Djokondoning rafiqasi Liza Gerardini aks ettirilgan.

Leonardo da Vinchi ancha oldinroq yaratga ayol kishi portreti.

Oqsuvsarli ayol.

Ajoyib san'at asari bo'lishiga qaramay, o'zining oddiyroq, sodda siymoviy qurilishi bilan avvalgi davrga tegishli, deb hisoblanadi. 

"Mona Liza" portretlar janrida Oliy Uyg‘onish davri asarlariga ta’sir ko‘rsatgan va ular orqali portret janrining keyingi rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Portret janri doimo “Djokonda”ga qandaydir yetib bo‘lmas, lekin albatta majbur bo‘lgan narsaga qaytib borishdek qaytishi kerak.

San’at tarixchilari shuni ta’kidlaydiki, Mona Lizaning portreti renessans portreti san’atining rivojlanishida hal qiluvchi qadam bo‘lgan. Rotenbergning yozishicha: “kvatrochento rassomlari ushbu janrning bir qator salmoqli asarlarini qoldirib ketganlariga qaramay, baribir portret chizishdagi ularning yutuqlari asosiy rassomlik janrlarining yutuqlariga mutanosib emas edi - masalan, diniy va mifologik mavzudagi rassomlik janrlariga. Portret janrining huquqiy tengsizligi portret tasvirlarning “ikonografiyasi”da namoyon bo‘la boshlagan edi. XV asrdagi portret ishlari ularning so‘zsiz fizionomik o‘xshashlari va ular taratayotgan ichki kuch bilan birga baribir tashqi va ichki cheklanganlik bilan ajralib turar edi. XV asr rassomlarining bibliyaga oid va mifologik siymolari tasvirlab beruvchi inson hissiyotlari va hayajonlarining boyligi odatda ularning portret asarlarining fazilatlari qaotirga kira olmas edi. Buning aks sadolarini Milanda bo‘lgan dastlabki yillarda yaratilgan Leonardo da Vinchining o‘ziga tegishli erta asarlarida ko‘rish mumkin. Ularga nisbatan Mona Liza sifat jihatidan ulkan siljishning natijasi, deb qabuli qilinadi. Portret siymosi ilk bor o‘z ahamiyatiga ko‘ra boshqa rassomlik janrlarining eng yorqin siymolaribilan bir qatorga turib olgan edi.      

Mona Liza Luvrdagi o'q o'tmas oyna ortida va muzeydagi keti uzilmas tashrif buyuruvchilar

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook