Muvaffaqiyat yo’li muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi
Muvaffaqiyat yo’li muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

Muvaffaqiyatsizliklar, xatolar, omadsizliklarga qaramay o’zlarning ezgu maqsadga intilgan,ularga hech kim ishonmay qo’ygan bo’lsa ham –o’zlariga ishongan va, oxir-oqibatda, muvaffaqiyatga erishgan odamlarga behad tasannolar aytsa bo’ladi. Ulardan ko’p narsalarni o’rgansa bo’ladi.

1. Bugungi kunda dunyoga mashhur J.K. Rouling ishsiz qolganidan keyin uni eri ham tark etdi. UGarri Potter to’g’risidagi uchinchi romanini yoza boshlaganida qizini ijtimoiy nafaqa hisobiga boqib katta qilishga majbur edi. Dastlabki ikkita romanni uning o’zi yo’qqa chiqardi, chunki ularni yetarlicha yaxshi yozilmagan, deb hisoblagandi, faqat uchinchisi bilan nashriyotga murojaat qilishga jur’at etdi. Hali hech kimga tanish bo’lmagan yozuvchi ayolning asarini tavakkal qilib chop etganlar mislsiz hayratomuz hodisaning guvohi bo’ldi: u Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi bolalar kitobi sifatida e’tirof etildi.

Keyinchalik J.K.Rouling o’zining hamma romanlarini nashr etdi, ular 65 dan ortiq tilga tarjima qilingan.Garri Potter to’g’risidagi romanlarning muallifi tarixda ilk marotaba dunyoga kitoblar yozib, milliardlab dollar ishlash mumkinligini ko’rsatdi.

 

 

2. Tomas Edisonning o’qituvchilari uni biror narsani o’rganish uchun juda befarosat ekanligini aytishar edi. Ehtimol, ba’zi narsalarda ular haq bo’lgandir, lekin uning qat’iyatini hech  hisobga olmaganlar - u o’z lampochkasini yaratishdan oldin mingdan ortiqroq urinishlarni amalga oshirgan. Bir naqlda aytilganidek, sabr-toqat va tinimsiz mehnat, hamma narsani yengadi, albatta!

 

3. Golivudning eng yaxshi rejissyorlaridan biri, Stiven Spilberg Janubiy Kaliforniya universitetiga kirishni orzu qilar edi, lekin birin-ketin uch marta kirish imtihonlaridan yiqilgan. U baribir Oliy o’quv yurtiga o’qishga kirgan, biroq boshqasiga. O’qish unga yoqmas edi, shuning uchun ham u tez orada o’qishni tashladi. Hech qanday qiladiganishi yo’qligidan, muvaffaqiyatga zarracha umid qilmasdan u o’zini rejissyorsifatida sinab ko’rishga qaror qildi. Bu g’oyadan oqibatda qanday natija chiqqanini hammamiz bilamiz. 

 

4. Uolt Disney jurnalist bo’lib ishlagan gazeta muharriri uni ishdan bo’shatib yubordi, chunki u “tasavvur va yaxshi g’oyalarga ega emas” emish. Hech umidsizlanmagan bo’lajak animator bir nechta kompaniyani yaratdi, ammo uning barcha ishlarini muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Uolt Disneyga muvaffaqiyat "Oppoqoyim" multfilmidan keyin keldi. Bu uning yulduzlik mavqeining boshlanishi edi. 

5. Albert Eynshteyn faqat to’rt yoshidan keyingina gapira boshlagan, yetti yoshida esa yoza boshlagan. O’qituvchilar uni "o’ta imillagan" deb "aqliy to’liq rivojlanmagan" ekanligiga ishonishgan. Ammo uning o’ziga xos fikrlashi tufayli dunyo nisbiylik nazariyasi haqida bilib oldi, Eynshteyn esa fizika bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

6. Opra Uinfri o’zining birinchi teledasturidan chiqarib yuborildi: rahbariyat uning tashqi qiyofasi ekranga to’g’ri kelmaydi, deb hisobladi. Lekin ularning so’zlari yetarlicha ahamiyat kasb etmadi. Opra sarvqomat bo’lib ko’rinish maqsadida ozish uchun bir necha marta jiddiy urinishlarga qo’l urdi. Lekin har bir tinka-madorini quritadigan parhezdan keyin,  hech bo’lmaganda avvalgidan-da ortiqroq bo’lmasa ham, boyagidek o’zining avvalgi vazniga qaytar edi.

Oxir-oqibatda u ozish g’oyasidan voz kechdi, lekin hech narsa uni hamma narsadan ham ortiqroq ishidan voz kechishiga majbur qila olmasdi. Har bir muvaffaqiyatsizlikdan so’ng, u o’zida yana kuchlarini jamlab tinmay ishlashni davom ettirdi va pirovardida televidenie tok-shoularining malikasiga aylandi. Undan tashqari milliarderga ham.

 

 

7. Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi kasodga uchradi. Ikkinchisidan u sheriklari bilan munosabatlari buzilgani tufayli voz kechdi, uchinchisi esa sotuvning yuqori sur’atiga erisha olmadi. Ko’pchilikni allaqchon tushkunlikka tushirib yuborishi mumkin bo’lgan narsa Genri Fordni to’xtata olmadi, aks holda u amerikalik eng buyuk tadbirkorlarning biriga aylanmagan bo’lar edi.

 

8. Isaak Nyuton janoblariga oilaviy fermer xo’jaligini boshqarishdek muhim va mas’uliyatli vazifa topshirilgan edi, lekin yigitcha ko’pincha olma daraxtlari ostida o’tirib, qandaydir bema’ni hayolparastlik qilib vaqt o’tkazardi. Natijada, u qaqshatgich muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qarindoshlari unga qo’lini siltab, u juda orzu qilgan Kembrij universitetiga jo’natishdi. Isaak Nyuton hozirgi kunga qadar eslab, alohida tilga olinadigan va shunga to’laligicha arziydigan fizik olimga aylandi.

 

9. Soichiro Xonda Toyota kompaniyasida oddiy muxandis vazifasiga ishga kira olmadi (tahminlarcha Xondaning o’zidan ko’ra bu haqda Toyota kompaniyasi ko’proq pushaymon bo’lsa kerak). Soichiro tirikchilikni o’tkazish uchun zarracha mablag’siz holda ishsiz qolgan edi. Birorta ham ish beruvchiga yoqmagan holda, Honda, tashlab yuborilgan eski-tuski ehtiyot qismlar va chiqindixonalardan topilgan boshqa vositalar yordamida motosikllarni yig’a boshladi. Keyinchalik u o’zining ishini boshladi, undan keyin nima bo’lgani o’zingizga yaxshi ma’lum.

10. Vinsent Van Gog o’z hayoti davomida atigi bir dona suratini, uni bo’lsa ham do’stiga sotgan edi. Goho u o’z suratlarini chizishi uchun o’lgudek och qolib ketishiga to’g’ri kelar edi. U o’z hayoti davomida 800 dan ortiq durdona asarlarni yaratgan. Uboshqa nimani rad qila olsa ham,  san’atni hech rad qila olmas edi. Ancha vaqtlardan keyin, ya'ni bizning zamonimizda vrachlar tomonidan Van Gog shizofreniyadan azoblangani tasdiqlandi, biroq bu uning nodir iste’dod egasi bo’lgan ekanligini zarracha ham shubhaga qo’ymaydi. U o’zidan keyin qoldirgan barcha ishlari hozirgi paytda bebahodir.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook