просмотров
Aslida ushbu ishni amalga oshirish juda oson. Istalgan turdagi daftarni olib, har kuni o‘zingiz bilan sodir bo‘lgan yoqimli hodisalar, g‘ururlanish va quvonishga arziydigan sabablarni yozib chiqasiz. Barchasi juda oddiy, ammo ichingizda ”Bu nima uchun kerak?”degan savol paydo bo‘lishi ham mumkin. Axir daftar to‘ldirish uchun ham qimmatbaho vaqtingizni sarf qilish kerak. Bu vaqt ichida ishlashingiz yoki dam olishingiz mumkin-ku? Ammo bizga ishoning, bu vaqtingizni sarf etish uchun arziydi. Zero, bu o‘z kelajagingiz uchun tikilgan kuchdir.
Demak, muvaffaqiyatlar daftarini tutish uchun quyidagi sabablarni keltirib o‘tamiz.
1. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, kuchli va qobiliyatli ekanligingizni har kuni o‘qib, bunga chin dildan ishonib borasiz.
2. Butun olam tortishish qonuni inson hayotiga nisbatan ham ishlaydi: o‘z muvaffaqiyatlaringiz va yutuqlaringiz haqida qanchalik ko‘proq o‘ylasangiz, hayotingizga shunchalik ko‘p yaxshilikni tortasiz.
3. Tushkunlikka tushganda, qiyin vaziyat va kunlarda o‘z daftaringizni o‘qib, kayfiyatingiz ko‘tariladi.
4. Yutuqlar daftari tushkunlikdan xalos bo‘lish va xavotirni bartaraf etishda qo‘l keladi.
5. Erishgan yutuqlaringizni tahlil qila turib, o‘z kuch va mehnatingizni qaysi soha tomon yo‘naltirish haqida aniq biladigan bo‘lasiz.
6. Bu hamisha faol harakatda bo‘lish va o‘zingizdan g‘ururlanish uchun ko‘mak beradi.
Albatta, ish boshida har bir erishgan muvaffaqiyatingizni yozib chiqish nokamtarlik kabi ko‘rinadi. Ammo ushbu usulni bir bor sinab ko‘rgach, hayotingizning har bir kuni kechagidan yaxshiroq ekanligini his qila boshlaysiz!
Сообщения из Facebook