просмотров
Qoshiqchadagi mikrobdan ommaviy zaxarlanish hatto muzqaymoq sotiladigan qimmat qahvaxonalarda ham bo’lishi mumkin. Ko’chada sotiladigan muzqaymoq haqida gapirmasak ham bo’ladi. U yerda chiroq ko’p o’chadi, shuning uchun mahsulotni saqlash qoidalari ko’p buziladi. Sevimli muzqaymog’ingizni qidirganda yaqinroqdagi supermarketga kirib chiqqaningiz ma'qul.
Muzqaymoq tayyorlash jarayonini yeb ko’rib bilsa bo’ladi. Agar bir hil bo’lsa, qumoqlari bo’lmasa u keraklicha saqlangan. Agar tilingizga nimadir “botsa”, u qayta muzlatilgan. Demak, u ko’rsatilgan muddatidan oldin ayniydi. Muzdan tushish jarayonida unga qanday mikroblar yuqqanini esa gapirishga hojat yo’q. Mahsulotning buzilgan shakli ham uni talab qilinganidek saqlanmaganidan dalolat beradi. Quyib beriladigan muzqaymoqning o’lchaydigan qoshiqchasi har bir portsiyadan keyin maxsus eritmaga chayilmasa, bakteriyalar manbai bo’lishi mumkin. Sotuvchidan uni nimada chayilishini so’rab ko’ring. U buni bilishi shart. Agar sotuvchi umuman chaymayotganini ko’rsangiz, pulingizni muzqaymoqqa sovurmaganingiz ma’qul.
Har qanday muzqaymoq o’ramida qator tarkibiy qismi beriladi. Afsuski, ular orasida foydalilari kam uchraydi. Bugun ko’p sut mahsulotlariga hayvon yog’lari (foydali va tabiiyki qimmat) o’rniga arzon o’simlik moylari – kakos, palma, raps moylari qo’shilmoqda. Ko’pchilik pishloq, sariyoq va sirok ishlab chiqaruvchilar shu usuldan foydalanishmoqda.
Muzdek shirinliklarning eng foydalilari “plombir”,“sariyog’li muzqaymoq”, yoki “sutli muzqaymoq” sanaladi, hatto ularga ham ayrim “vijdonsiz” ishlab chiqaruvchilar o’simlik moylarini qo’shishadi.
Shu bois faqat nomiga emas, tarkibiga ham e’tibor bering. Ro’yxatda o’simlik moyini ko’rsangiz satib olmang. Darvoqe, tarkibiy qismlar ro’yxati mayda xarfda bosilgan bo’lishi yoki hatto biror narsaning tagiga berkitib qo’yilgan bo’lishi ham mumkin.
Mevali muz allergiyani qo’zg’atishi mumkin, ayniqsa, bolalarda. Chunki ularda hushbo’y xid beruvchi va kimyoviy moddalar ko’p. Agar bunday muzqaymoq tarkibida rang beruvchi moddalar uchtadan ko’p bo’lsa, bolalar tanovul qilmagani yaxshi. Sifatli mahsulotda birinchi o’rinda tarkibidagi suv ko’rsatilishi kerak, ikkinchi o’rinda esa- mevali sharbat yoki pyure. Agar bu talablarga rioya qilingan bo’lsa, bunday muz foydalidir.
Сообщения из Facebook