Nega ayollarda soch to'kilishi ko'p kuzatiladi?
Nega ayollarda soch to'kilishi ko'p kuzatiladi?
Erkaklar uchun soch to’kilishi- yoqimsiz holat, ayollar uchun esa bu holat haqiqiy fojia! Taroqda yoki vannadagi soch tolasining meyoridan ortiq to’kilishini sezgan ayol darrov vahimaga tushadi. Soch ko'p to'kilishiga nimalar sabab bo'lishi mumkin?

Ba’zida vahima qilish butunlay behuda, soch to’kilishi, bu normal holat hisoblanadi. Har kuni boshni 100 dona qurigan soch tolasi tark etib, yangi soch tolasi uchun joy bo’shatib beradi. Qo’lingiz bilan soch tolasini yengilgina tortib ko’ring – agar bu holatda beshtadan ortiq soch tolasi qo’lingizda bo’lsa, demak bu muammo bilan jiddiy shug’ullanish kerak.

Birinchi navbatda soch to’kilishini davolash sabablarini o’ylash lozim. Sochning bosh terisida yuzaki, nozik o’rnashishining juda ko’p sabablari bor. Agar to’kilayotgan sochning uchi to’q xaltacha bilan tugasa, bu holat jiddiy va shoshilinch davo chorasini ko’rishni talab qiladi.

Mavsumiy to’kilish

Uy hayvonlari saqlaganlar bilishadi, kuz va bahor fasllarida hayvonlarning tuklari kuchli to’kilishni boshlaydi. Inson hayoti davomida ham davr almashinishi kuzatiladi. Shuning uchun kam miqdorda soch to’kilishini me’yoriy holat deb hisoblash mumkin. Bu davrda sochlarni qichitqi va qariqiz o’simligi qaynatmalari, qatiq, chakamug’ yog’i, tuhum, asal, xantal va aloe niqoblari bilan oziqlantirish ortiqcha bo’lmaydi.

Soch ildizining yomon oziqlanishi

Boshdagi qon aylanishining yetishmasligi shunga olib keladiki, soch ildizi sochning sog’lom o’sishi uchun zarur bo’lgan oziqlantiruvchi elementni ololmaydi. Bu holatda tez-tez bosh terisining quruqligi, xiralik, nursizlik kuzatiladi.

Stress

Og’ir  ruhiy iztirob va kuchli ruhiy zarba holatlari ham ko’p xollarda soch to’kilishiga sabab bo’ladi. Qisqa muddatli stressdan keyin organizm mustaqil ravishda normal holatga kela boshlaydi. Bunday holatda o’zingizga tinchlantiruvchi, tetiklashtiruvchi vanna qabul qilish, aromaterapiya ilan yordam berishingiz mumkin.

Tartibsiz ovqatlanish

Ko’pincha soch to’kilishi ayollarning ortiqcha vazndan halos bo’lish istagi natijasida yuzaga keladi. Normal hayot uchun kerak bo’lgan vitamin, mineral va yog’larning yetishmasligi ayol sog’lig’i uchun izsiz kechmaydi. Ko’pincha soch to’kilishi  E vitamini, temir va yod yetishmasligidan aziyat chekadigan ayollarda uchraydi.

Chiroyli zulflar tartibli ovqatlanishni talab qiladi. Nafaqat meva va sabzavotlar, balki yog’siz go’sht, baliq, ayniqsa sutli mahsulotlar, o’simlik, yong’oq, tuxum kabi mahsulotlar ham sochlarning mustaxkam bo’lishida muhim ahamiyatga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook