Nima uchun aslida yo‘q insonlarga oshiq bo‘lamiz? Buning aniq javobi topildi!
Nima uchun aslida yo‘q insonlarga oshiq bo‘lamiz? Buning aniq javobi topildi!
Hayotingiz davomida biror marta bo‘lsa ham film yoki kitob qahramoniga oshiq bo‘lganingizni osonlikcha tahmin qilish mumkin. Bu kabi "muhabbat" kim uchundir bir necha kun davom etadi, yana kimdir esa yillar davomida hayoliy qahramonini sevib, azoblanib yashaydi. Aslida ushbu fenomenni izohlab beruvchi aniq izohlar bor.

Biz odatda qahramonning sevgan insoni o‘rnida o‘zimizni tasavvur qilamiz.

 

Ko‘p hollarda (ayniqcha qizlar va ayollar) hayolida qahramon kabi mardliklarga tayyor bo‘lgan insonni uchratish orzusi yashaydi. Qani edi u hamisha sizni qattiq sevsa va buning uchun tog‘larni talqon qilsa! Uning sevgan yori sifatida o‘zingizni tasavvur qilar ekansiz, sevimli bo‘lish va o‘sha qahramonliklarning asosiga aylanishni uddalaysiz (hayolda bo‘lsa ham!) Bu esa qahramonni sevib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin. 

Biz haqiqiy hayotda uchratishni istaydigan insonga o‘xshash qahramonlarga ko‘ngil beramiz.

Ammo taqdir har doim ham sizga betakror uchrashuv, orzuingizdagi kabi yorni taqdim qilavermaydi. Shu tariqa o‘qigan kitobingiz yoki ko‘rgan filmingizdagi ma’lum insonni sevganingiz sifatida qabul qilasiz.

Inson miyasi kitoblar va filmlarni to‘qima hikoya kabi qabul qilmaydi

Kitob o‘qish paytida miyaning real vaziyatlarni boshdan kechirish uchun ma’sul bo‘lgan qismlari faollashadi, shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ong uchun o‘ylab topilgan hikoyalar va real hayotning hech qanday farqi yo‘q. Hayoliy qahramonni o‘ylash bilan azobga tushish va uni unuta olmaslik ham ehtimoldan xoli emas. Aslida yo‘q bo‘lgan insonga ko‘ngil berish fenomeni aynan shu kabi izohga ega. Kitob o‘qiyotgan yoki film ko‘rayotgan paytda uni yo‘q odam sifatida qabul qilmaysiz. Ustiga-ustak qahramonlar hamisha o‘zlarining yaxshi  tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. 

Biror qahramon haqida o‘qiyotgan paytingiz uni bor inson kabi tasavvur qilasiz. Miya ularning aslida yo‘q ekanliklarini qabul qilmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, "sovun", "qahva","lavanda" kabi so‘zlar o‘qib eshittirilganda miyaning hidlar uchun javob beradigan qismlari ishga tushib ketarkan. Shu  kabi qahramonning harakatlari, tashqi ko‘rinishi ta’riflangan paytda miya ham buni haqiqat deya qabul qiladi. Bir so‘z bilan aytganda ma’lum bir qahramonga bo‘lgan munosabatimiz miya tomonidan asl muhabbat deya qabul qilinadi.

Hayoliy qahramon insonlar uchun xavfsiz

Qahramonning butun hayoti haqidagi ma’lumotlarni yahshi bilasiz. Uning kuchli va ojiz tomonlari ham, o‘y-hayollari ham sizga juda yaxshi ma’lum. Shu tariqa uni hiyonat, qo‘rquv, aldov, sotqinlik kabi tushunchalardan qo‘rqmagan tarzda sevib qolish mumkin.

Ular sizga hiyonat qilishmaydi

Aslida ma’lum bir qahramonga ruhan bog‘lanib qolish yuqori darajadagi empaniyani aks ettiruvchi odatiy holat. Har qalay miya misolida ko‘radigan bo‘lsak, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Ammo real hayotda kun kelib janob Darsi, Ache yoki Rochesterni uchratishingiz amri mahol. Bu esa hayotda o‘z muhabbatingizni topish uchun to‘sqinlik qilishi ham mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook