просмотров
Ammo inson organizmining 70%i suvdan iborat, suyuqlik esa inson tanasining ajralmas bir qismidir. Suv yetishmagan holatlarda esa kutilmagan va yoqimsiz holatlar yuzaga keladi.
Toza ichimlik suvi ichki aʼzolarni tozalaydi, shishlar bilan kurashadi, tanadagi toksinlarni chiqarib tashlaydi, tana holatiga ijobiy taʼsir qiladi, ozish uchun yordam beradi, teri holatini yaxshilaydi.
Ushbu moʻjizaviy sifatlarni esa suvni toʻgʻri va kerakli miqdorda ichadigan odamlar oʻzlarida sezadilar xolos.
Odat
Soʻnggi tadqiqotlar natijasiga koʻra, bir odamning paydo boʻlishi uchun 21 kundan 30 kungacha vaqt kerak boʻladi. Yaʼni suvni toʻgʻri ichish odatini bir oy davomida oʻzlashtirib olishingiz mumkin. Xoʻsh, ana oʻsha odatni qanday shakllantirish mumkin deysizmi? Buning uchun sizga bir necha hil oddiy usullar yordam beradi.
Misol uchun suvni maʼlum bir kundalik yumushni bajarish vaqtida ichish kerak. Shu tariqa uygʻonganingiz zahoti, ishga kelgan paytingiz yoki tushlikka chiqish avvalidan ichib olish odatini oʻzlashtiramiz. Yana bir muhim qoida: dasturxon atrofiga oʻtirishdan oldin bir stakan suv ichib oling. Bu ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtiradi, oshqozonga toʻqlik hissini beradi.
Almashtirish
Bu qanchalar gʻalati eshitilmasin, oramizda umuman suv ichmaydigan odamlar ham bor. Biz uning oʻrnini turli sharbatlar, choy, qahva hamda boshqa turdagi ichimliklar bilan bosishga urinamiz. Aslida bu kabi vaziyat hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Shu sababli boshqa turdagi ichimliklardan asta-sekin voz kechib, uning oʻrniga suv ichish odatini oʻzlashtirishingiz kerak.
Avval sharbatlarning teng yarmini suv bilan aralashtirib iching. Kundalik miqdorni asta-sekin koʻpaytiring, ana shunda yangi tartibga ham osonroq oʻrganasiz.
Yaqin holat
Bu juda kichik, ammo muhim qoida: Suv idishini imkon qadar yaqinroq joyga qoʻyib qoʻying. Uni doʻkonga chiqish oldidan sumkangizga joylang, suvni koʻzga koʻrinarli joylarga qoʻyib chiqing. Suvni qanchalar koʻp koʻrsangiz, shunchalar koʻp ichasiz ham.
Taʼm
Bir qarashda suvning hech qanday mazasi yoʻqdek. Ammo filtrlangan suv, qaynagan suv, chashmalar suvi, gazlangan suv butunlay farqli mazaga ega boʻladi. Garchi odatni oʻzlashtirish paytida ularni ajrata olmasangiz ham, barchasini asta-sekin tushunib borasiz.
Shunda ham suvning quruq oʻzini icha olmasangiz, uning ichiga bir nechta boʻlak limon soling. Limon oʻrniga yalpiz, greypfrut va apelsin qoʻshish ham mumkin. Ammo shuni unutmangki, suv ichiga shakar qoʻshish mumkin emas. Yoʻqsa foydali odat foydasiz mashgʻulotga aylanib qoladi.
Eslatma
Shiddatli hayot tarzi bilan yashaydigan insonlar kun davomida suv ichish kerakligi haqida unutib qoʻyishlari mumkin. Agar bu kabi muammo sizda ham boʻlsa, zamonaviy texnika imkoniyatlaridan samarali foydalaning. Bugungi kunda suv ichish miqdorini hisoblab boradigan mobil ilovalar juda koʻp. Agar istasangiz telefoningizdagi budilnikni har soat boshiga sozlab, u qoʻngʻiroq chalganda suv ichib olsangiz boʻladi.
Сообщения из Facebook