просмотров
Palov aslida qo’lda yeyiladigan taom. Bu udum ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib qolgan. To’g’ri, hozirgi zamonda biz uni qoshiqda tanovul qilishga o’rganib qolganmiz, ba’zi mamlakatlarda esa palovni sanchqida yeyishar ekan. Bu noto’g’ri, taomga nisbata hurmatsizlikdir. Oshni faqat qo’lda yeyish kerak. Qari oqsoqollarning aytishlaricha, oshni qo’lda tanovul qilish an’anasi bejiz paydo bo’lmagan – to’g’ri tayyorlangan haqiqiy palov tirik organizm hisoblanar ekan, shuning uchun ham uni sanchqida yeyish noto’g’ri.
Oshni qo’lda yeyish nafaqat maroqli, balki foydali hamdir. Gap shundaki, ta’m hislari barmoq uchlaridan to’g’ri orqa miyaga boradi, buning natijasida ko’p miqdorda oshqozon shirasi ajralib chiqadi. Yeyilgan osh ham to’g’ri hazm uchun qulay muhitga borib tushadi.
Osh qayerda yeilishidan qat’iy nazar, to’ydami, bayramdami, marakadami yoki oila davrasidami albatta laganga suzilib tortiladi.
Bu ham ota-bobolarimizdan qolgan an’ana. Oila davrasida bir lagandan ovqat yeyish – bu oilaviy birdamlik ramzi hisoblanadi va baraka olib keladi. Do’stlar davrasida qo’lda osh yeyish esa bir-birlariga bo’lgan ishonchni bildiradi. Bo’ydoq yigitlarning to’yda kuyov bolaning qo’lidan osh yeyishlari ham chiroyli udumlarimizdan biridir.
Сообщения из Facebook