4,802
просмотров
просмотров
O'zbekistonda "Big Mak" indeksining muqobili "Palov indeksi" joriy etildi - Davlat statistika qo'mitasi.
O'zbekistonda "Big Mak" indeksining muqobili - "Palov indeksi" joriy etildi. Statistika qo'mitasi qaysi viloyatda osh eng qimmat sotilishini xabar qildi.
Yangi indeksni hisoblashda turli viloyatlarda mol go'shti (700 gr), guruch (1 kg), sabzi (1 kg), piyoz (300 gr), yog; (300gr) va ziravorlar narxlari hisobga olingan.
Tayyor palov narxlari har bir shaharda 3 tadan oshxonalar orqali aniqlab o'rtachasi olingan.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonda eng qimmat osh Samarqand shahrida ekan - 20.000 so'm bir portsiyasiga. Undan keyin Buxoro (16.000 so'm), Toshkent shahri (15.500 so'm), undan keyin Jizzax va Qashqadaryo (15.000 so'mdan).
Qo'mita ushbu indeksni doimiy ravishda e'lon qilib borishini ta'kidlagan.
Сообщения из Facebook