просмотров
Ayol kishi erkak kishini tabassumi bilan ilinntirib oladi, yig’isi bilan esa ushlab qoladi.
Agar ayol kishining omadi chopib, o’ziga oro berib, hayotdan mamnun bo’lib yashayotgan bo’lsa, demak u kimdandur qasos olmoqda.
Sevgan ayolning qalbi doimo umidga to’la bo’ladi. Qayta-qayta pichoq urilsa ham so’nmaydi, toki oxirgi tomchi qon qolmaguncha.
Ayol – sizning soyangizdir. Uning ortidan yurgan saringiz u uzoqlashadi, siz undan uzoqlashsangiz, u sizning ortingizdan yuradi.
Nimaga hamma biz ayollarni pulni yaxshi ko’radi deb o’ylaydi? Yo’q, biz pulni yaxshi ko’rmaymiz, shuning uchun ham undan tezroq xalos bo’lamiz.
Ayollar hamma ularni tushunishlarini xohlaydilar, lekin hech biri fosh qilishlarini istamaydi.
Go’zal ayol ko’zni quvontiradi, mehribon ayol esa qalbga iliqlik beradi. Birinchisi ajoyib, ikkinchisi esa bebahodir.
Makkora ayol oila boshqaruvini o’z qo’liga oladi, biroq erini oila boshlig’i ekanligiga ishontira oladi.
Ayol tanasida ikkita yurak urushi mumkin bo’lgan xilqatdir.
Erkak kishining qalbini zabt etishni ko’pchilik ayol biladi, biroq uni boshqarish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.
Aqlli ayol hech qachon eriga baqirmaydi. Buyruqlarni ham xotirjam, aniq va ravshan qilib tushuntiradi.
Ayollarga maslahat: hech qachon maftunkorligingizga shubha qilmang. Tarozi aldamchi, odamlar hasadgo’y, ko’zgu esa azaldan qiyshiq.
Ayollar muammo tug’diruvchi emas, muammolarni hal etuvchi erkaklarni afzal ko’radilar.
Ayollar ko’z yoshlarini ko’zoynak ortiga yashiradilar,yomon kayfiyatlarini tabassum ortiga, yaralangan ko’ngilni chiroyli ko’rinish ortiga berkitadilar.
Erkak kishining hissiyotlarining haqiqiyligini bilish uchun undan siz uchun nimalar qila olishini emas, siz uchun nimalardan voz kecha olishini surishtiring.
Bolalik chog’larida qizaloqlar qo’g’irchoqqa, bolalar esa mashinaga qiziqadilar. Katta bo’lganda esa bularning aksi bo’lar ekan.
Janjalkash ayol ilojsiz narsaning o’zi yo’qligini yaxshi biladi.
Ayol kuchli xilqat. Kuchli ekanligidan ham o’zini ojiz qilib ko’rsatishdan cho’chimaydi.
Сообщения из Facebook