просмотров
Uyqusizlik
Soat 22:00dan keyin uhlashga odatlangan bo’lsangizu to’yib uhlay olmasangiz, buyrak usti bezining tiklanishi ishdan chiqib, jigarga yuklama tushishi ortadi. Natijada esa metobolizm sustlashib, vazn ortishi kelib chiqadi.
Odatda ozishni maqsad qilganlar kam kaloriyali mahsulotlar iste’mol qilib, me’yordan kam ovqatlanishga harakat qilishadi. Ammo kam yeyish bilangina ozib bo’lmaydi. Organizm har kungidan kam me’yorda kaloriya qabul qilsa, ortiqcha yog’lar parchalanmaydi.
Kam suyuqlik ichish
Ozmoqchi ekansiz, kunlik suyuqlik miqdoriga ahamiyat bering. Qanchalik kam suyuqlik qabul qilinsa, metobolizm shunchalik sekinlashadi.
Jismoniy mashqlar
Kun davomida, mayli hatto bir mahal bo’lsa ham 25 daqiqadan kam shug’ullansangiz, ozmaysiz! Jismoniy mashqlarning ta’siri 26 daqiqadan keyin sezila boshlaydi.
Taomnomada oqsil kamayib ketsa, yog’larning qayta ishlab chiqarilishi sustlashadi. Shu bois ham oqsil miqdoriga ahamiyat berish lozim.
Har kuni iste’mol qilinadigan 2-4 ta meva va 100-150 gr dimlangan yoki pishmagan holda sabzavotlar organizmda insulin miqdorini me’yorlashuviga yog’ qatlamini yo’qotib, tana vaznining kamayishiga imkon beradi.
Faqat tana vazni ko’rsatkichi emas, balki vaznni kamaytirishi uchun bilish kerak bo’lgan yana bir qancha ko’rsatkichlar bor, bular: tanadagi yog’ miqdorining foizi, tana vazni indeksi, bel va son aylanasining nisbati va har kunlik kaloriya miqdori.
Kam-kamdan tez-tez tamaddi qilish
Kun davomida kam portsiyadan tez-tez ovqatlanish ozishning eng oson yo’li. Ertalab uyg’ongandan so’ng nonushta qilish, keyin har 2-3 soatda kam-kamdan ovqatlanish kerak. Kechqurun soat 19:00 dan so’ng ovqatlanmaslik esa asosiy qoidalardan biri.
Aslida mingdan ziyod parhez turlari mavjud. Ammo barcha qoidalarga amal qilib, topshiriqlarni to’g’ri bajaradiganlar kamdan-kam topiladi. Ozish uchun muntazam parhezda bo’lgan yaxshimi? Biz uchun ovqatlanishdagi me’yor tushunchasi ovqatdan keyingi to’qlik hissimi yoki xohlaganda ovqatlanishmi?
Avvalo tana vaznini o’lchashni to’xtatish kerak. Non mahsulotlarini harid qilishda e’tiborli bo’ling. Tushlikda taxminan oshqozonning uchdan bir qismi bo’sh qolishi kerakligini unutmang!
Сообщения из Facebook