просмотров
1. Patlar namlanmaydigan maxsus modda bilan qoplangan. Aynan shu hususiyat qushlarni yomg'irdan himoya qiladi. Patning ustiga tushgan tomchilar unga singmasdan pastga tushadi. Xuddi shu sababga ko'ra, suv qushlari hech qachon cho'kmaydi - ularning dumlarida yog' chiqaradigan bez bor. Qushlar uni tumshug'i bilan butun vujudga yoyib, patlarni namlanishidan o’zlarini himoya qilishadi.
2. Patlar qushlarni nafaqat suvdan, balki issiqlik, sovuq va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Aytishimiz mumkinki, bu har xil fasllar uchun universal himoya.
3.Paxmoq patlar hattoki izg’irinda ham qushlar tanasini sovuq haroratdan himoya qila oladi. Gap shundaki paxmot patda ideal izolyator bo'lib, unga hatto sintetik materiallar ham raqib bo’la olmaydi.
4.Tovuslarning yorqin patini optik illyuziya deb atash mumkin, chunki ularning patlari chindan ham jigarrang. Haqiqat shundaki, yorug'lik to’lqinlarining patga tushishi uning rangi o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu uni rang-barang qiladi. Shunga o'xshash holatni sovun pufakchalarida ham kuzatishingiz mumkin.
5 .Uchish patlarini tuzilishi tufayli miniatyura qanoti deb atash mumkin. Qanotning old tomoni orqa tomoniga nisbatan ko’proq yelpinadi. Ularning magistralida kichik bir truba bor, buning natijasida ular buzilmasdan kuchli egilishga qodir.
6. Boyqushlarning patlari shunday tuzilganki, ularning parvozlari shovqinsiz o’tadi. Bu esa qushlarga qorong'ida o'ljasini hech bir qiyinchiliksiz ovlashga imkon beradi.
7. Parvoz qilish natijasida patlar qariydi va to’kila boshlaydi. To’kilgan patlarning o’rnini esa yangi patlar o’sib chiqish orqali to’ldiradi. Shu bois ham qushlarning qanotlari hech qachon uchish qobiliyatini yo’qotmaydi.
8. Pat faqatgina qush va parrandalarda mavjud. Dunyodagi qolgan jonzodlar bunday “mojiza”dan bebahradirlar.
Сообщения из Facebook