просмотров
Chanqoqni faqat suv yordamida emas, barcha spirtsiz ichimliklar bilan qondirish mumkin. Chunki suv ularning asosiy tarkibini tashkil qiladi. Ammo tanlash chog’ida tozalash va tayyorlash uchun yuqori sifatli texnologik tizimlarni qo’llavchi ishlab chiqaruvchilargagina ishonish darkor. Shu bilan birga, ko’proq sabzavot va mevalar iste’mol qilish lozim. Ular o’z tarkibida faqat kletchatka va vitaminlarnigina emas, suvni ham saqlaydi. O’z tarkibida suv (90 foizdan ko’p) saqlash bo’yicha sabzavotlar orasida bodring, rediska, pomidor, selderey ustunlikka ega.
O’zingizga yoqqan ichimlikni tanlang
Taomnomadagi turli-tuman ichimliklar organizmga yaxshi ta’sir ko’rsatishi allaqachon o’z isbotini topgan. Mashxur brendlarning gazli ichimliklari inson organizmi uchun mutlaqo zararsiz bo’lib, u sog’lom va balansga tushirilgan taomnomaning ajralmas qismi bo’lib hizmat qiladi.
Muhim: gazli ichimliklar tarkibidagi karbonad angidrid gazi inson salomatligi uchun xavf tug’dirmaydi.
Qancha ichish kerak: formulaga ko’ra hisoblaymiz.
Charchash hissi, terining erta qarishi, qabziyat, bosh og’rig’i – bularning barchasi organizmga namlik yetishmasligidan yuzaga kelishi mumkin. Salomatlik bilan bog’liq muammolarga uchramaslik uchun kunni suyuqlik ichish bilan boshlash va kun davomida ichimliklar ichish zarur. Organizmga qancha suyuqlik zarurligini qay usul bilan aniqlash mumkin? Mutaxassislar quyidagi formulaga amal qilishni tavsiya etadilar: 20 darajadan yuqori bo’lgan iqlim sharoitida vaznning har bir kilogrammi uchun 20 ml dan suyuqlik iching. 40 darajadan yuqori ob-havoda ushbu miqdorni 2 barobar ko’paytirish mumkin.
Jismoniy mashqlar vaqtida
Yo’qotishlardan holi. Sport bilan shug’ullanishdan oldin suyuqlik iching- bu usul bilan siz ter uchun mustaqil suv zaxirasini yuzaga keltirasiz. Shiddatli mashqlar chog’ida yo’qotilgan suyuqlik miqdorini har 15 daqiqada to’ldirib turish lozim. Jismoniy mashqlar vaqtida yo’qotilgan har 1000 kkal uchun 1000ml suyuqlik kerak bo’ladi.
Muhim: chanqoq hissini kutib o’tirmang – uni sezguningizga qadar suyuqlik ichavering. Biz chanqoqni his qilgan chog’imiz organizm suvsizlikdan azob chekayotgan bo’ladi. O’g’izda hosil bo’lgan quruqlik esa suvsizlikning eng ohirgi belgilaridan biridir.
Сообщения из Facebook