просмотров
Yovvoyi tabiat qo’ynida topilgan eng katta gavhar tosh – Alloh javohiri, deb nomlanadi va 6,3 kg ni tashkil etadi.
Qirolicha Yelizavetaning qimmatbaho buyumlar kollektsiyasi 57 mln. dollarga teng.
“Titanik” filmidagi “Ummon yuragi” nomli olmos uydirma emas. O’sha mash’um tunda kema bilan birga kattagina sapfir dengiz tubiga g’arq bo’lgan.
Barcha olmoslar uzoq vaqt davomida grafitga aylanadi.
Olmoslar tabiatdagi eng qattiq jism hisoblansada, undan ham qattiq sun’iy nanomateriallar ishlab chiqarilgan.
Olmos yuqori qattiqlikka ega bo’lishiga qaramay, u juda nozik. Bolg’acha bilan urishingiz bilan u bo’laklarga parchalanib ketadi.
Opal bezak toshining 30% suvdan iboratdir.
Yuqori sifatli zumrad toshlar brilliantlardan qimmatroq hisoblanadi.
Sof oltin asli faqat sariq rangli bo’ladi, unga boshqa metallar qo’shilsagina rangini o’zgartirishi mumkin.
Eng yirik sapfir “Osiyo Yulduzi” deb nomlanadi va u hozirda Amerikaning Smitson muzeyida saqlanadi.
Dunyo tarixida qazib olingan oltinlarning barchasini siqib, 16 metrlik kub hajmga keltirish mumkin.
Dunyo okeanlarida 10 milliard tonna atrofida oltin bor.
Javohir 10 000 chig’anoqdan 1 tasidagina shakllanar ekan.
Millionlab topilgan omoslarning faqat bittasigina zargarlik bezagi sifatida ishlatilishi mumkin.
Barcha olmoslarning yoshi 3 milliard yildan oshiq.
Har bir yil oyining o’ziga mos tushuvchi qimmatbaho toshi bor, ularning har biri Isroilning 12 qabilasi nomi bilan ataladi.
Nikoh uzugi nomsiz barmoqqa taqiladi, chunki u yerdan to’g’ridan-to’g’ri yurakka boruvchi tomir o’tgan, deb hisoblanadi.
Сообщения из Facebook