просмотров
Birinchidan, aynigan mahsulotlardir. Ko’pincha bu tuxum bo’lishi mumkin. Uning hidi po’chog’idan ham o’tadi.
Ikkinchidan, yomon hidning sababchisi muzlatgichda to’kilib, yaxshilab artilmay qolgan ovqat qoldiqlari bo’lishi mumkin. Yoki do’konlarda mahsulot qadog’i zararlanishi va undan ham yoqimsiz hid taralishi mumkin.
Uchinchidan, uzoq vaqt davomida o’chirib qo’yilsa va ishlamay tursa ham muzlatgichdan yoqimsiz hid chiqishi mumkin. Chunki uzoq vaqt ishlamay turgan muzlatgichni mog’or bosadi. U artilishi qiyin bo’lgan burchaklarga kirib oladi, shuning uchun uning tozalanishi qiyinchilik tug’diradi.
Muzlatgichdagi yoqimsiz hiddan qanday xalos bo’lish mumkin?
Eng oson va samarali yo’li – yaxshilab yuvish. Qayta-qayta. Mahsulotlarni joylashdan oldin ularni yaxshilab nazoratdan o’tkazish kerak, ayniqsa uzoq vaqt davomida saqlanayotganlariga alohida e’tibor berish lozim.
Muzlatgichni yuvish uchun maxsus vositalar mavjud. Biroq idish- tovoqlarni yuvish uchun mo’ljallangan vositalardan ham foydalanish mumkin. U suvda eritilib, artiladi, so’ngra toza suvda, oxiruda esa quruq latta bilan artiladi.
Muzlatgichni tozalashda oddiy osh sodasining kuchsiz eritmasidan ham foydalanish mumkin. U ham yaxshi natija beradi, chunki turli xil zamburug’larni o’ldirish xususiyatiga ega.
Uksus eritmasini ham sinab ko’rish mumkin. 1litr suvga 1 osh qoshiq uksus solinadi. Bu usullar nafaqat yoqimsiz hidni oladi, balki uning sababini ham bartaraf etadi.
Muzlatgichdan yoqimsiz hid chiqmasligi uchun nima qilish kerak?
Buning bir necha xil usullari bor. Oddiy ro’zg’orbob usullardan tortib, maxsus zamonaviy usullargacha.
Muzlatgichga limon pallachasini, mandarin po’chog’ini yoki javdari non bo’laklarini qo’yish mumkin. Maydalangan yoki yirik qahva donachalari ham o’ziga yarasha yoqimli xushbo’y is taratishi mumkin.
Osh sodasi, tuz va aktiv ko’mir tabletkasi noxush hidlarni o’ziga singdirib olish xususiyatiga ega.
Hidlarni ketkazuvchi maxsus asboblar ham mavjud. Ular noxush hidlarga sabab bo’luvchi ko’pgina bakteriyalarni o’ldirib, muzlatgichning ozodaligini ta’minlaydi.
Ko’rib turganingizdek, hidlarni bartaraf qiluvchi vositalar ko’p. Biroq ular muzlatgichingizni tozalab, undagi yaroqsiz, aynigan mahsulotlarni tashlab yubora olmaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq. Yaxshi beka bo’lsangiz, muzlatgichni ozoda saqlang va undan noxush hidlar chiqishiga yo’l qo’ymang.
Сообщения из Facebook