просмотров
Shlyapalar turli xomashyodan tayyorlangan bo’lsa-da, movut va fetr shlyapalarga talab yuqoriroq bo’lgan. O’rta asr moda ishqibozlari bir vaqtning o’zida ham boshga, ham orqaga taqiluvchi shlyapalardan foydalanganlar.
Ayollarga yuz va sochlarini ko’rsatish taqiqlangani bois, ro’mol o’rab yurishlari lozim bo’lgan. Bundan tashqari, bosh va gardan qismini qoplovchi maxsus qalin bog’ichlar bog’lash ham urfga kirgan. Uning ustidan shlyapa, chambarak yoki toj taqilgan.
Keyinroq soch turmaklarga e’tibor bir oz susayib, bosh kiyimlari o’z ravnaq cho’qqisiga erishdi. Ushbu vaqtga kelib uzun bo’yin go’zallik tushunchasiga aylangandi. Moda ishqibozlari uzun bo’yinga ega bo’lish maqsadida hatto peshona, chakka va gardan qismidagi sochlarini olib tashlaganlar.
Vaqt o’tib, Ennen – shletfli konussimon shlyapalar urfga kirdi. Ennen ohorli zig’ir matosi yoki qattiq qog’ozdan tayyorlangan bo’lib, yuqori qismiga qimmatbaho mato tortilgan va uzun harir mato mahkamlangan. Ennenning balandligi honimning aslzodalik darajasiga qarab belgilangan. Uning tabaqasi qanchalik yuqori bo’lsa, shlyapa , malikalar bir necha metrga teng ennenlar kiyib yurishgan.
Ilk beretlar eramizdan avvalgi 400 yillarda paydo bo’lib, uni ilk bor etrusk ovchi va dexqonlari kiyishgan. 1500 yillarga kelib beretlar ziyoli qatlamlar orasida tarqala boshladi. Bu vaqtda foydalanilgan erkak va ayollar bereti tuzilish borasida bir-biridan deyarli farq qilmagan.
O’rta asrlar so’ngiga kelib, shlyapalar asosiy aksessuarlardan biriga aylandi. Bu vaqtda kigizdan tikilgan konussimon va uzun shlyapalar urfga kirgandi. Sharqiy slavyanlarda yuqori qismi bir oz kattalashtirilgan shapkalar kiyilgan bo’lsa, boyar shapkalari ko’p qavatliligi va qimmatbaho mo’ynasi bilan ajralib turgan. Davrlar o’tib, shlyapalar bir muddat urfdan chiqdi, ularning o’rnini hajmdor pariklar egalladi. Ular inson sochlaridan tayyorlanib, qush patlari, qimmatbaho toshlar va gullar bilan bezak berilgan. Ularni taqish katta muammo tug’dirgan bo’lsa, u bilan uhlash undanda katta noqulaylik keltirib chiqargan.
XIX asr boshlarida shlyapalar yana urfga qaytdi. XXasr boshlarida esa bosh kiyimlarni turli gullar bilan bezash ommalashib, jumladan, katta shlyapalar ham gullar to’plami bilan bezatiladigan bo’ldi.
Сообщения из Facebook